Karvonsaroy

Germaniyalik tergovchilar Qirgʻizistondan kelayotgan yuk mashinasida 670 kg giyohvand modda topishdi

Karvonsaroy

FRANKFURT, Germaniya – Germaniya bojxona xizmati tergovchilari tomonidan Frankfurt yaqinidagi Polsha chegarasiga Qirgʻizistondan kelgan yuk mashinasiga yashirib qoʻyilgan 670 kilogramm geroin moddasi aniqlandi. Bu haqda payshanba (20-iyun) kuni 24.kg sayti Deutsche Welle nashriga asoslanib xabar bergan. Nemislar gollandiya politsiyasi bergan maʼlumotlarga tayanib ish tutganlar.

Taxminlarga koʻra, narkotiklar Afgʻonistondan Belgiyaga olib ketilayotgan boʻlgan. Deutsche Welle hisob-kitoblariga koʻra, giyohvand moddalarning qora bozordagi narxi 40-50 million yevro (3,2-3,9 mlrd. soʻm) atrofida boʻlgan.

Narkotiklar turkcha shirinliklar ichiga yashirilgan, deyiladi xabarda.

Yuk mashinasida Gruziya davlat raqami boʻlgan. Politsiya haydovchini hisbga olgan – 63 yashar Turkiya fuqarosi narkotiklardan bexabar boʻlganini aytgan.

Bu Germaniyada shu kungacha musodara qilingan eng katta hajmdagi geroin partiyasidir.

Narkotik moddalar afgʻon tolibonlarining asosiy daromad manbai hisoblanadi.​

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500