Karvonsaroy

Qozoq shaharchasidagi harbiy qism omborxonasidagi portlash tufayli aholi tezkor evakuatsiya qilindi

Karvonsaroy va AFP

NUR-SULTON – Dushanba (24-iyun) kuni Qozogʻiston janubidagi harbiy qism omborxonasida yuz bergan bir qator portlashlar sababli 40 ming kishi yashovchi shaharcha aholisi evakuatsiya qilindi. Oʻnlab kishilar shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan.

Aris shaharchasi yaqinida yuz bergan hodisa “omborxonadagi yongʻin ortidan kelib chiqqan portlash” tufayli yuz bergan, deyiladi mudofaa vazirligi bayonotida. Rasmiylari xavfsizlik vajidan shaharcha aholisini evakuatsiya qilganlar.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari osmonga koʻtarilayotgan tutun fonida hududni tark etayotgan odamlar aks etgan videolarni tarqatishdi.

Vazirlik xabariga koʻra, qurbonlar va jarohatlanganlar yoʻq. Ammo Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining qozoq xizmati mamlakat janubida joylashgan ikkita kasalxonadagi manbaga asoslanib 50 dan ortiq odam shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan.

Bir million kishilik aholiga ega Chimkent shahridagi shifoxonada uch kishi ogʻir ahvolda, deb xabar bergan Ozod Yevropa radiosi.

Dushanba kuni shaharcha “toʻliq” evakuatsiya qilinadi, dedi Aris joylashgan viloyat rahbari.

“Yuz berayotgan hodisa koʻlamini inobatga olib, shaharni toʻliq evakuatsiya qilish zarurligiga amin boʻlmoqdamiz”, deb aytgan Turkiston hokimi Umirzak Shukeyev Tengrinews nashri xabariga koʻra.

Nur.kz nashriga koʻra, mudofaa vaziri oʻrinbosari Timur Dandibayev voqea sabablari oʻrganilishini aytgan.

Mudofaa vaziri Nurlan Yermekbayev vaziyatni shaxsan nazorat ostiga olish uchun voqea joyiga yetib borgan, deb xabar bergan vazirlik.

Yongʻinni bartaraf etish uchun harbiylar va Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasining Turkiston boʻlimi xodimlari safarbar etilgan, deb xabar bergan Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500