Karvonsaroy

Qozogʻiston yadroviy qurollarni taqiqlash bitimini ratifikatsiya qildi

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Dushanba (24-iyun) kuni Qozogʻiston senati Yadroviy qurollarni taqiqlash bitimini ratifikatsiya qildi, bu haqda Zakon.kz nashriga asoslanib AKIpress xabar bergan.

Hujjat yadroviy qurollar ishlab chiqarilishi va sinovini taqiqlaydi, dedi tashqi ishlar vaziri Beybut Atamkulov.

Atamkulovning soʻzlariga koʻra, uning ratifikatsiya qilinishi dunyoni yadroviy qurollardan xoli qilishga koʻmaklashadi.

Yadroviy qurollarni taqiqlash bitimi yadroviy qurollarni taqiqlovchi keng qamrovli xalqaro darajadagi majburiy shartnomadir. U kuchga kirishi uchun 50 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. 50 ta ratifikatsiyani toʻplash uchun besh yil vaqt kerak boʻlishi mumkin, deb bashorat qildi Atamkulov.

Shu kungacha hujjat 23 davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500