https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/06/26/newsbrief-02

AQSH Markaziy qoʻmondonligi oʻq-dori omboridagi portlash munosabati bilan Qozogʻistonga hamdardlik bildirdi

Karvonsaroy

NUR-SULTON – AQSH Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) shu hafta boshida Arisda yuz bergan harbiy ombordagi portlashdan jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi. Bu haqda chorshanba (26-iyun) kuni Kazinform nashri xabar bergan.

Halok boʻlganlar soni ikki kishidan uchtaga yetgan, deb xabar bergan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi chorshanba kuni. Soʻnggi qurbon jarohatlardan halok boʻlgan harbiy serjant boʻlgan.

Dushanba (24-iyun) kuni yuz bergan portlashdan keyin hukumat 40 ming aholiga ega Aris shaharchasini evakuatsiya qilgan. Mudofaa vazirligi xabariga koʻra, hodisa yongʻin tufayli kelib chiqqan. Odamlar xavfsizlik yuzasidan evakuatsiya qilingan.

Aholi portlash markazidan 25-35 km masofadagi Chimkent shahri, Muntaytas, Kabilsay va Shagʻir qishloqlariga koʻchirilgan.

“AQSH Markaziy qoʻmondonligi (CENTCOM) Arisda yashovchilar va Qozogʻiston xalqiga oʻz hamdardligini biidiradi”, deyiladi qoʻmondonlikning seshanba kungi bayonotida.

“Biz qadrli doʻstlarimiz va mintaqadagi sherigimiz deb bilgan harbiy hamkorimiz va Qozogʻiston xalqiga chuqur hamdardligimizni izhor etamiz. Bu mudhish falokatdan jabrlanganlar bilan fikran birgamiz”, deyiladi bayonotda.

AQSH elchixonasi oʻzining Facebook sahifasida CENTCOM bayonotini eʼlon qilar ekan, diplomatik missiya ham oʻz taʼziyasini bildirishini aytib oʻtgan.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Fikrlar 0
Siyosat