Karvonsaroy

Afg‘on rasmiylari turkmanistonlik hamkasblari bilan muzokara o‘tkazdilar

Jumaguli Annayev

ASHXOBOD – Milliy xavfsizlik masalalari boʻyicha maslahatchi Hamdulloh Muhib boshchiligidagi Afgʻoniston delegatsiyasi iqtisodiy loyihalarni muhokama qilish uchun 22-iyun kuni Ashxobodga keldi, deb xabar beradi Turkmaniston tashqi ishlar vazirligi.

Tomonlar Turkmaniston - Afgʻoniston - Pokiston - Hindiston (TAPH) gaz quvuri qurilishining borishi, shuningdek, mintaqadagi davlatlar oʻrtasida elektr uzatish liniyalari va optik tolali aloqa masalalarini muhokama qildilar.

Afgʻon delegatsiyasi aʼzolari Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovga “qoʻshni davlatning (Afgʻoniston) ahvolini yaxshilash boʻyicha xalqaro tashabbuslarni ilgari surgani, shuningdek, davlatni qayta tiklash yoʻlidagi doimiy saʼy-harakatlari uchun minnatdorchilik bildirdilar”, deyiladi bayonotda.

Uchrashuvda xavfsizlikka oid masalalar ham muhokama qilindi, deb xabar bergan Tashqi ishlar vazirligidagi manba.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500