Karvonsaroy

Qozogʻiston prezidenti ayrim fuqarolarning qarzidan kechish haqida buyruq berdi

AFP

NUR-SULTON – Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev chorshanba (26-iyun) kuni mamlakatdagi eng nochor fuqarolarning koʻp millionlik qarzlaridan voz kechish haqidagi farmonni imzolagan.

Toʻqayevga koʻra, bu chora 255 ming qozogʻistonlikni qarzidan ozod qilish bilan birga, minglab nochor fuqarolarning holatini yengillatishga yordam beradi. Uning aytishicha, farmon bilan fuqarolarning 300 ming tengegacha (taxminan 800 AQSH dollari) boʻlgan qarzlari toʻlab beriladi, u koʻp bolali oilalar va ayrim nochor aholi qatlamlari kabi qarzdorlarning muayyan toifalariga tatbiq etiladi.

Nochorlik va tushkunlik odamlarni ekstremizmga yetaklovchi omillardandir.

Toʻqayev iyun oyi boshida prezident etib saylangan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500