https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/06/27/newsbrief-03

​NATO Rossiyaning bahsli raketasiga qarshi javob hozirlamoqda

AFP

​​BRYUSSEL – Chorshanba (26-iyun) kuni NATO Rossiyaning bahsli raketa tizimiga qarshi mudofaani kuchaytirishga qaratilgan siyosiy va harbiy choralar majmuini tasdiqladi.

​Moskva yerdan uchiriladigan 9M729 qanotli raketasidan 2-avgustga qadar voz kechmaydigan boʻlsa, Ittifoq havo va raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimlari, shuningdek, kuzatuv va razvedka dasturlarini qayta koʻrib chiqadi.

​Qoʻshma Shtatlar va NATOga koʻra, Rossiya Oʻrta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi shartnomani (INF) buzmoqda.

​Moskva esa raketaning INF shartnomasi talablariga mos kelishini taʼkidlayapti.

​“Agar Rossiya 2-avgustgacha shartnomaga amal qilishga qaytmas ekan, hujjatning bekor qilinishi bilan bogʻliq javobgarlikni toʻliq zimmasiga olishi kerak”, dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg ittifoqqa aʼzo mamlakatlar mudofaa vazirlarining uchrashuvida.

Sizga maqola yoqdimi?
3
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat
Captcha

NATOning bunga toʻla haqqi bor

Javob berish