https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/07/01/newsbrief-02
Rossiyaning Suriya hududi boʻylab yurishlari aholi tomonidan sovuq qarshi olinmoqda

Oʻzbekiston va Afgʻoniston elektr energiyasi yetkazib berishga oid 10 yillik bitimni imzolaydilar

Karvonsaroy

TOSHKENT – Oʻzbekiston Afgʻoniston bilan elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha 10 yillik shartnoma imzolaydi, deb xabar berdi AKIpress dushanba (1-iyul) kuni Oʻzbekiston energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xoʻjayevga asoslanib.

Elektr energiyasini yetkazib berish 260 kilometr uzunlikdagi “Surxon — Puli-Xumri” elektr uzatish liniyasi orqali “ol va toʻla” tamoyili boʻyicha amalga oshiriladi.

Elektr uzatish liniyasi Afgʻonistonga eksport qilinadigan elektr energiyasi hajmini 70 foizga oshirishi kutilmoqda. 2018-yil mart oyida Oʻzbekistonda boshlangan qurilish ishlari 2020-yil oxiriga qadar tugallanishi koʻzda tutilgan.

Osiyo taraqqiyot banki Afgʻonistonga oʻz hududida elektr uzatish liniyasi barpo etish uchun kredit ajratadi. “Ol va toʻla” tamoyiliga koʻra, Afgʻoniston energiya isteʼmoli kutilganidan kamroq boʻlgan taqdirda ham kelishilgan miqdorni Oʻzbekistonga toʻlash majburiyatini oladi.

Tolibonlar elektr uzatish liniyalarini portlatish va oʻzlari yetkazib bermaydigan elektr energiyasi uchun pul talab qilish bilan Afgʻonistondagi energiya isteʼmolchilarini taʼqib qilib keladi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha