Karvonsaroy

Turkmaniston oʻz harbiylariga kiberxavfsizlik boʻyicha taʼlim berishni boshladi

Jumaguli Annayev

ASHXOBOD – Turkmaniston Mudofaa vazirligi kiberxavfsizlik boʻyicha harbiy zobitlarni tayyorlashga kirishdi. Bu haqda chorshanba (10-iyul) kuni “Milliy armiya” turkman harbiy jurnalining xodimi xabar bergan.

Taʼlim jarayoni Buyuk Safarmurod Turkmanboshi nomidagi harbiy institutida olib borilmoqda.

“Shu maqsadda universitetda yangi boʻlim tashkil etildi”, deb aytgan ismi sir qolishini istagan xodim.

Boʻlajak mutaxassislar kiberjinoyatlar hamda internetda radikalizm va ekstremizmning tarqalishiga qarshi kurashni kuchaytirishi, shuningdek, mamlakatni kompyuterlashtirish boʻyicha hukumat dasturini amalga oshirishga koʻmaklashishi koʻzda tutilmoqda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500