Karvonsaroy

Oʻzbekiston mudofaa vaziri Vashingtonda AQSH rasmiylari bilan muzokara oʻtkazadi

Karvonsaroy

TOSHKENT – Oʻzbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov shu haftada Qoʻshma Shtatlarga tashrif buyuradi. Bu haqda chorshanba (10-iyul) kuni AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Daniel Rozenblum Toshkentda jurnalistlarga maʼlum qildi.

Qurbonov Vashingtonda bir qator rasmiylar, jumladan mudofaa vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Mark Esper bilan uchrashadi, deb aytgan Rozenblum Toshkentdagi AQSH elchixonasi bayonotida.

Safari davomida Qurbonov, shuningdek, harbiy bazalar va akademiyalarda ham boʻladi, deb xabar bergan AKIpress juma (12-iyul) kuni.

AKIpress nashrining Rozenblumga tayanib xabar berishicha, vazir AQSHdan harbiy texnika olish imkoniyatini muhokama qiladi. Ikki mamlakat oʻzaro kelishuvga erishsa, Oʻzbekiston uskunalarning bir qismini bepul olishi, qolganini esa xarid qilishi mumkin.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500