Karvonsaroy

Qirgʻizistonda ekstremistik tashkilot yetakchilaridan biri qoʻlga olindi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirgʻiziston ichki ishlar vazirligi (IIV) taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” ekstremistik tashkilotining yetakchilaridan biri deb gumon qilinayotgan shaxsni hibsga oldi, deb xabar beradi 24.kg seshanba (16-iyul) kuni.

Jalolobod viloyatida yashovchi 41 yoshli gumondor “Hizb ut-Tahrir”ning Jalolobod va Chuy viloyatlari hamda Bishkekdagi faol yetakchilaridan biri boʻlgan.

U ekstremizmga aloqador jinoyat sodir etganligi uchun oʻtgan yilning noyabr oyidan beri qidiruvda boʻlgan.

Qoʻlga olish vaqtida qarshilik koʻrsatgan gumondor Bishkekdagi hibsxonaga olib kelindi, deyiladi vazirlik xabarida. Huquq-tartibot organlari xodimlari katta miqdordagi “Hizb ut-Tahrir” adabiyotlari va elektron materiallarni musodara qilganlar.

Qoʻlga olingan shaxs “aholining ijtimoiy zaif qatlami vakillarini yollab kelgan va muntazam ravishda ekstremistik yetakchilarning xufiyona yigʻilishlarida qatnashgan”, deb xabar beradi IIV. Bu yigʻilishlarda “ekstremistik gʻoyalarni butun mamlakat boʻylab tarqatish rejalari muhokama qilingan”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500