Karvonsaroy

Rasmiylar: Gaz bitimi natijasida Turkmanistonda Rossiya pasportiga oid qoidalar oʻzgardi

Jumaguli Annayev

ASHXOBOD – Turkmaniston bir vaqtning oʻzida Rossiya pasportiga ega fuqarolariga xorijga chiqish pasporti berish qoidalarini Moskva bosimi ostida oʻzgartirdi. Bu haqda Turmaniston davlat migratsiya xizmati (DMX) xodimi xabar bergan.

Oʻzini Serdar deya tanishtirgan DMX xodimiga koʻra, 2003-yildan keyin Rossiya fuqaroligini olgan turkmanistonliklarga 1-iyuldan boshlab xorijga chiqish pasportlari berila boshlangan.

Bu oʻzgarishlar Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi 5 yil davomida har yili 5,5 mlrd. kub metrdan turkman gazini sotib olishga kelishgani haqidagi xabarlar ortidan kuchga kirgan. Rossiya 2016-yilda Turkmanistondan gaz sotib olishni toʻxtatgan edi.

Bitimning moliyaviy tafsilotlari oshkor etilmagan, biroq yaqinda Turkmanistonda kuzatilgan iqtisodiy qiyinchiliklarni inobatga olgan holda tahlilchilar kelishuv Rossiya uchun manfaatliroq ekanini bashorat qilganlar. Kreml, aftidan, turkmanlarning zaifligidan foydalanib, arzon gaz narxlari va Kreml manfaatini koʻzlovchi ichki siyosatga taʼsir oʻtkazmoqda.

“Muddatlardan shuni taxmin qilish mumkinki, bitimning imzolanishi shartlaridan biri Rossiya Turkmanistonni qoʻsh fuqarolikka ega shaxslar uchun chiqish vizasi taqdim etish masalasida yon berishga majbur qilganidir”, dedi Serdar dushanba (15-iyul) kuni.

Turkmaniston Rossiya bilan qoʻsh fuqarolik toʻgʻrisidagi shartnomani 2003-yilda bir taraflama bekor qilgan edi. Mamlakat shu kungacha 2003-yildan keyin Rossiya fuqaroligini olgan shaxslarga, ular Rossiya fuqaroligidan voz kechmagunicha, turistik pasportlar berishdan bosh tortib kelayotgan edi.

Rossiya hukumati hisob-kitoblariga koʻra, bu chora qoʻsh fuqarolikka ega boʻlgan taxminan 40 ming kishiga nisbatan amalda boʻladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500