https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/07/25/newsbrief-02

Qozogʻiston MXQ noqonuniy qurol savdosiga chek qoʻydi

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasi (MXQ) xodimlari bir nechta shaharda noqonuniy qurol-yarogʻ savdosi bilan shugʻullangan jinoiy guruhlarni fosh etdi, deyiladi MXQning payshanba (25 iyul) kungi xabarida. Qoʻlga olinganlar Olmaota, Chimkent va Qiziloʻrda shaharlarida qurol oldi-sotdisi bilan shugʻullanganlar.

18-19-iyul kunlari MXQ tomonidan Olmaota va Chimkent shaharlarida amalga oshirilgan hibslar davomida 8 dona “AK-47” avtomati va ikkita toʻpponcha musodara qilingan, deyiladi xabarda.

MXQning qoʻshimcha qilishicha, gumondorlar orasida ekstremistik harakatlar aʼzolari va kriminal doiralar bilan aloqador shaxslar ham bor.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha