Karvonsaroy

Qirgʻiziston va Tojikiston prezidentlari chegara muammolarini muhokama qildilar

Karvonsaroy

VORUX, TOJIKISTON – Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va uning qirgʻizistonlik hamkasbi Sooronbay Jeyenbekov juma (26-iyul) kuni Tojikistonning Vorux qishlogʻida boʻlib, hududdagi tanglikni hal etish yuzasidan muzokara oʻtkazdilar, deb xabar beradi Ozod Yevropa / Ozodlik radiosi.

Prezidentlar hududdagi qirgʻiz va tojik aholisi bilan yaqin muloqotda boʻldilar. Muzokaralar Isfara (Tojikiston) va Choʻlpon-ota (Qirgʻiziston) shaharlarida davom etishi kutilmoqda.

Chegaradagi qurolli toʻqnashuvlar tufayli dushanba (22-iyul) kuni bir tojik fuqarosi halok boʻlgan. Natijada Qirgʻiziston hukumati Ak-Sal qishlogʻidan 650 kishini evakuatsiya qilgan.

Markaziy Osiyoda sovet diktatori Iosif Stalin tomonidan “boʻlib tashla va hukmronlik qil” tamoyili asosida belgilangan chegaralar tufayli tez-tez nizolar yuz berib turadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500