Karvonsaroy

Turkmanistonning yordam karvoni Afgʻonistonga yetib keldi

Jumaguli Annayev

ASHXOBOD, Turkmaniston – Turkmanistonning turli yordam yuklari ortilgan avtokarvoni Afgʻonistonga yetib keldi, deb xabar berdi oʻtgan haftada “Oltin asr” turkman telekanali.

Karvon prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning buyrugʻi bilan 24-iyul kuni yoʻlga chiqqan edi. U dori-darmonlar, darsliklar, maktab anjomlari, bolalar kiyim-kechaklari, tekstil va shirinliklar olib kelgan.

Urush tufayli vayron boʻlgan Afgʻonistondagi barqarorlikka koʻmaklashish maqsadida, Turkmaniston muntazam ravishda ushbu mamlakatga insonparvarlik yordamlari hamda imtiyozli narxlarda elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib turadi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500