https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/08/08/newsbrief-01
Kreml Tojikistondagi ID hujumidan mintaqada oʻz manfaatlarini ilgari surish yoʻlida foydalanishi mumkin

Tojikistonda YXHT koʻmagida portlovchi moddalar boʻyicha mintaqaviy oʻquv markazi ochildi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston mudofaa vaziri seshanba (6-avgust) kuni Dushanbeda portlash xavfi boʻlgan predmetlar boʻyicha mintaqaviy oʻquv markazini ochib berdi, deb xabar qiladi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti oʻzining rasmiy saytida.

Tadbirda Tojikiston mudofaasi mutasaddilari hamda YXHT va Dushanbedagi AQSH elchixonasi vakillari ishtirok etdi.

“Tojikiston Qurolli kuchlariga portlash bilan bogʻliq tahdidlarni bartaraf etish vazifasi yuklatilgan. Ushbu mintaqaviy oʻquv markazi Markaziy Osiyo davlatlari va undan tashqarida keng eʼtirofga sazovor boʻlganidan nihoyatda mamnunmiz”, dedi Tojikiston qurolli kuchlari bosh shtabi boshligʻi, general-leytenant Imomali Sobirzoda marosimdagi nutqida.

Markaz AQSH elchixonasi koʻmagida YXHTning “Portlash xavfi boʻlgan predmetlar sohasidagi kompleks hamkorlik” dasturi doirasida tashkil etildi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha