https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/08/13/newsbrief-01
Kreml Tojikistondagi ID hujumidan mintaqada oʻz manfaatlarini ilgari surish yoʻlida foydalanishi mumkin

Tojikistonda “Ansarulloh jamoati” aʼzosi 12 yilga kesildi

Karvonsaroy

ISTARAVSHAN, Tojikiston – Istaravshan shahar sudi “Ansarulloh jamoati” terrorchilik tashkilotiga aʼzolikda ayblangan tojik fuqarosini 12 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda dushanba (12-avgust) kuni Akhbor.com nashri sud raisi Ayubjon Qodirzodaga tayanib xabar bergan.

Sepula qishlogʻidan boʻlgan ayblanuvchi Xayriddin Yoqubov 2005-yilda tashkilot safiga qoʻshilishda ayblangan. Sud maʼlumotlariga koʻra, u 2007-yilda terrorchilarni tayyorlash mashgʻulotlarida qatnashish uchun Pokistonning federal boshqaruvdagi qabilalar hududlariga borgan.

37 yashar Yoqubov 2013-yilda “Ansarulloh jamoati” guruhidan chiqqanini aytgan boʻlsa-da, sud bu daʼvoni zaif sanab, inobatga olmagan. Tergovchilarning soʻzlariga koʻra, u “Ansarulloh jamoati”ning Tojikiston, Rossiya, Afgʻoniston va Pokistondagi faol aʼzosi boʻlgan, bu esa guruh aʼzolarining Tojikiston hududida jiddiy jinoyatlar sodir etishiga imkon bergan.

2010-yilda Xoʻjandda sodir etilgan xudkushlik hujumi uchun masʼuliyatni oʻz zimmasiga olgan “Ansarulloh jamoati” 2012-yilda Tojikistonda taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha