Karvonsaroy

Hibsdagi tojik jangarisi gʻalayon tashkilotchisi sifatida umrbod qamoqqa hukm qilindi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikistonda “Oʻzbekiston Islom harakati”ning (OʻIH) hibsdagi aʼzosi umrbod qamoqqa hukm qilindi. Mamlakat oliy sudi uni oʻtgan yil noyabr oyida Xoʻjanddagi qamoqxonada yuz bergan qonli gʻalayonni tashkillashtirishda aybdor deb topgan, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik (RFE/RL) radiosining tojik xizmati seshanba (13-avgust) kuni.

Amirali Davlatov va 32 nafar boshqa mahbus ustidan mahkama yopiq tarzda oʻtkazilgan boʻlib, sud iyul oyi oxirida oʻz hukmini eʼlon qilgan, deb xabar beradi Ozodlik radiosi. Oliy sud jarayon haqida hech narsa demagan.

Xabarlarga koʻra, gʻalayonda ishtirok etgani uchun, Davlatov kabi bir nechta mahbusning qamoq muddatlari uzaytirilgan.

Davlatov 2014-yil mart oyida mamlakat boʻylab turli teraktlar sodir etishni rejalagan OʻIH jangarilaridan iborat sakkiz kishilik guruhga aʼzolikda ayblanib, 19 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Rafiqasi uning aybsiz ekanligini, gʻalayon vaqtida Davlatov qamoqxonadagi uchrashuvlar xonasida oʻz oilasi bilan boʻlganini aytgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500