http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/08/22/newsbrief-03

Nur-Sulton shahri AQSH va Markaziy Osiyo rasmiylarining “C5+1” shaklidagi uchrashuviga mezbonlik qildi

Karvonsaroy

NUR-SULTON - Chorshanba (21-avgust) kuni Nur-Sultonda AQSH, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston rasmiylarining siyosiy-iqtisodiy va xavfsizlik masalalari muhokamasiga bagʻishlangan uchrashuvi boʻlib oʻtdi, deyiladi Dushanbedagi AQSH elchixonasining ishtirokchilar bilan qoʻshma bayonotida.

AQSH Davlat kotibining siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Devid Xeyl va Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari “iqtisodiy islohotlar va mintaqaviy hamkorlikni qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish, mintaqaviy xavfsizlik tahdidlarini bartaraf etish hamda Markaziy Osiyo va unga qoʻshni Afgʻonistonda tinchlik va farovonlikni taʼminlashga oid saʼy-harakatlar yuzasidan fikr almashdilar”, deyiladi bayonotda.

Ishtirokchilar “C5+1” ishchi guruhlari doirasida xavfsizlik, iqtisodiy aloqalar va atrof-muhit boʻyicha hamkorlikka alohida urgʻu berdilar, deyiladi bayonotda.

“C5+1 – bu Qoʻshma Shtatlar va Markaziy Osiyoning besh mamlakati oldida turgan umumiy muammolarni hal qilishga oid hamkorlikdagi choralar boʻyicha muloqot formati hamda platformasidir”, deyiladi AQSH Davlat departamentining bayonotida.

Sizga maqola yoqdimi?
2
Yo‘q
Fikrlar 1
Siyosat
Captcha
| 2019-09-02

Rossiyaning ishtirokisiz. Hech kim Rossiyaning u yerda boʻlishini xohlamaydi.

Javob berish