Karvonsaroy

Qozogʻiston rasmiylari uchun terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi kurash boʻyicha YXHT treningi oʻtkazildi

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) payshanba (29-avgust) kuni Nur-Sultonda pul yuvish va terrorni moliyalashtirishga qarshi kurashga bagʻishlangan uch kunlik seminarni yakunladi, deb xabar qildi YXHT oʻz rasmiy saytida.

Seminarda Qozogʻiston huquqni muhofaza qilish va sud idoralarining 50 nafar xodimi ishtirok etdi.

Milliy va xalqaro mutaxassislar “pul yuvish amaliyotlarini, tergov qilish va javobgarlikka tortish, noqonuniy aktivlarni musodara qilish va asosiy manfaatdor tashkilotlar, jumladan Moliyaviy monitoring qoʻmitasi bilan idoralararo hamkorlik” boʻyicha eng ilgʻor tajriba bilan oʻrtoqlashdilar, deb xabar berdi YXHT.

Amaliy mashgʻulotlar davomida ishtirokchilar moliyaviy razvedka maʼlumotlarini dalil sifatida qoʻllash, jinoiy aktivlarni qidirish va ayblovsiz musodara qilish boʻyicha saboq oldilar.

Tadbir Nur-Sultondagi AQSH elchixonasi, YHXT dasturlari idorasi, Moliya vazirligining Moliyaviy monitoring qoʻmitasi va Bosh prokuratura huzuridagi huquq-tartibot organlari akademiyasi tomonidan tashkil etildi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500