BISHKEK – Qirgʻizistonlik deputatlardan biri mamlakatda rus tiliga asoslangan kirill yozuvidan voz kechib, lotin yozuviga oʻtishni taklif qildi, deb xabar beradi AKIpress.
Deputat Altinbek Sulaymanovning taklifi chorshanba (11-sentabr) kungi parlament majlisi chogʻida yangragan.
Uning soʻzlariga koʻra, Qosim Tinistanov (1901-1938) va boshqa davlat arboblari lotin yozuvidagi eski qirgʻiz alifbosiga asos solganlar.
“Bu qirgʻiz tilini rivojlantirishga hissa qoʻshish bilan birga, ingliz tilini oʻrganishga ham yordam beradi”, dedi Sulaymanov.
Oʻzbekiston va Qozogʻiston mos ravishda 1990-yillar boshi va 2017 yilda lotin yozuviga asoslangan oʻz alifbolariga oʻtish jarayonini boshlagan edilar.
Butun dunyodagi kabi lotin yozuviga oʻtish vaqti keldi
Javob berish