https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/09/12/newsbrief-01
Rossiyaning Suriya hududi boʻylab yurishlari aholi tomonidan sovuq qarshi olinmoqda

Ashxobodda xalqaro energetika forumi ish boshladi

Karvonsaroy

ASHXOBOD – Payshanba (12-sentabr) kuni Ashxobodda Turkmanistonning elektr energiya sanoatini rivojlantirishga bagʻishlangan xalqaro koʻrgazma va ilmiy konferensiya oʻz ishini boshladi, deb xabar beradi Turkmenportal.

Ochilish marosimida parlament rahbarlari, vazirliklar va hukumat idoralari rasmiylari, elchilar, jurnalistlar va nodavdat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda, shuningdek, Turkmaniston elektrotexnika sanoati bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor boʻlgan xorijiy kompaniyalar rahbarlari ham qatnashdi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqan prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanistonning qoʻshni Afgʻoniston taraqqiyotiga koʻmaklashish borasidagi saʼy-harakatlarini alohida tilga oldi.

“Hozirda Turkmaniston-Afgʻoniston-Pokiston elektr uzatish liniyasi barpo etilmoqda”, dedi u. “Ushbu loyihaning amalga oshirilishi nafaqat ishtirokchi davlatlar, balki butun mintaqa uchun katta ahamiyatga ega.”

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha