https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/09/18/newsbrief-02

Qozogʻiston parlamenti spikeri: ekstremizm muammosi dolzarbligicha qolmoqda

Karvonsaroy

NUR-SULTON – Qozogʻiston parlamenti spikeri Darigʻa Nazarboyeva dinlararo ishonchsizlik tufayli kelib chiqishi mumkin boʻlgan tahdid haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi Kazinform chorshanba (18-sentabr) kuni.

Nazarboyeva Nur-Sultonda boʻlib oʻtgan Jahon va anʼanaviy dinlar yetakchilari qurultoyi kotibiyatining 18-majlisida nutq soʻzlagan. U mazkur kotibiyat rahbari hisoblanadi.

“Soʻnggi yillarda hech qaysi bir dinning ibodat maskanlari va qavmi mutaassiblar va ekstremistlar hujumidan omon qolgani yoʻq”, dedi u.

“Bunday zoʻravonlik xatti-harakatlari jamiyatni parchalay olmadi, aksincha odamlarni jipslashtirdi”, dedi u.

“Nizolashayotgan tomonlarni jangovar harakatlarni toʻxtatishga, sulh eʼlon qilishga hamda zoʻravonlikka barham berish, tinch aholini himoya qilish va barcha ixtiloflarni tinch yoʻllar bilan hal etishga oid kelishuvlarni ishlab chiqishga chaqiramiz”, dedi u yigʻilganlarga.

Sizga maqola yoqdimi?
2
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha