Karvonsaroy

Toʻqayev BMTdagi chiqishida qoʻshma aksilterror choralar va dunyoni yadro qurolidan xoli qilishga chaqirdi

Karvonsaroy

NYU-YORK – Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh assambleyasining 74-sessiyasida soʻzga chiqqan Qozogʻiston prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev mamlakatning terrorizmga qarshi kurashdagi tajribasi bilan oʻrtoqlashdi, deya xabar beradi Kazinform.

“Barchamizga maʼlumki, mojarolar vayronkor kuchga ega boʻlib, terrorizm va ekstremizmni keltirib chiqaradi. Bu muammolarga BMT shafeligidagi global aksilterror tarmogʻi orqali birgalikdagi harakatlar bilangina barham berish mumkin”, dedi Toʻqayev.

Qozogʻiston xalqaro sheriklar yordamida Suriyada qolib ketgan radikal fuqarolarini ommaviy ravishda vataniga qaytarish boʻyicha “Jusan” (Achchiq shuvoq) operatsiyasini amalga oshirdi, deb qayd etdi u.

“Buning natijasida, terrorizm tashviqotiga aldangan 595 qozoq fuqarosi, shu jumladan 406 nafar yosh bola Suriyadagi urush hududlaridan oʻz uylariga qaytdi. Biz oʻz tajribamizni boshqa davlatlar bilan baham koʻrishga tayyormiz va ularni ham shunday choralarni amalga oshirishga chaqiramiz”, dedi u.

Toʻqayev, shuningdek dunyoni yadro qurolidan xoli qilishga chaqirgan.

“Yadro qurolidan xoli dunyoni barpo etish – mamlakatim uchun eng ustuvor vazifadir. Ushbu intilish qozoq xalqi milliy oʻzligining ajralmas qismiga aylandi va bizga yadro quroliga barham berish boʻyicha global harakatning avvalgi saflarida boʻlish uchun maʼnaviy huquq berdi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500