Karvonsaroy

Tojikiston hukumati 48 nafar afgʻon mahbusini vataniga qaytardi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Dushanba (30-sentabr) kuni Tojikiston Quyi Panj chegara punktida 48 nafar afgʻonistonlik mahbusni afgʻon hukumatiga topshirdi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi.

Tojik rasmiylariga koʻra, qaytarilgan afgʻonistonliklarning aksari giyohvand moddalar savdosida ayblanib, Tojikistonda qamoq muddatini oʻtayotgan edilar.

Ushbu mahkumlarning barchasi endi jazo muddatini Afgʻonistonda oʻtaydi, dedi Dushanbedagi Afgʻoniston elchixonasi xodimi Saidmasud Badaxsh 70 afgʻonistonlikning Tojikistonda hibsda qolayotganini qoʻshimcha qilar ekan.

Avvalroq, iyul oyida Tojikiston hukumati mamlakat qamoqxonalarida saqlanayotgan 80 nafar afgʻon fuqarosini Kobulga qaytargan edi.

Kobul rasmiylariga koʻra, afgʻon tomoni ham Afgʻonistonda terrorizmda ayblanib sudlangan bir guruh tojikistonliklarni oʻz vataniga topshirgan.

2010-yilda Tojikiston va Afgʻoniston ikki mamlakat qamoqxonalarida hibsda saqlanayotgan fuqarolarni oʻzaro almashishga kelishib olgan edilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500