Karvonsaroy

AQSH Dushanbe aeroportiga radiatsiyani aniqlash uskunalarini hadya qildi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikistondagi AQSH elchixonasi seshanba (22-oktabr) kuni Dushanbe xalqaro aeroportiga radiatsiyani aniqlash uskunalarini topshirishga bagʻishlangan tasma kesish marosimida ishtirok etdi.

Ushbu jihozlar AQSH energetika vazirligi tomonidan Tojikistonning yadro va radiatsiya xavfsizligi agentligi bilan hamkorlikda taqdim etilgan, deyiladi elchixona xabarida.

Ular Tojikiston davlat bojxona xizmati foydalanuvida va texnik xizmatida boʻladi.

Xabarda qoʻshimcha qilinishicha, yadro materiallari kontrabandasiga qarshi kurash mintaqaviy xavfsizlik borasida AQSH-Tojikiston hamkorligining ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500