https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2019/10/23/newsbrief-01
Qozogʻiston toʻlov shartlarining ogʻirlashib ketgani sababli Xitoyning moliyalashtiruvidan voz kechdi

“Ansarulloh jamoati” yetakchisining oʻgʻillari Tojikistonda qamoq jazosiga hukm qilindi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojikiston Oliy sudi “Ansarulloh jamoati”ning (AJ) sobiq yetakchisi Domullo Amriddinning (asl ismi Amriddin Tabarov) ikki oʻgʻlini uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qildi, deb xabar bergan Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi tojik xizmati seshanba (22-oktabr) kuni suddagi manbaga asoslanib.

Sud oʻz hukmini 29-avgust kuni eʼlon qilgan boʻlsa-da, jamoatchilik bu haqda 22-oktabr kuni xabar topgan.

Abdulfattoh va Saidjamoliddin Tabarovlar mos ravishda 23 va 16 yilga ozodlikdan mahrum etilganlar. Ular turli jinoyatlar, jumladan jinoiy guruh tuzish va Tojikiston hukumatini agʻdarishga chaqirganlikda ayblangan.

Tojik jangarilardan tarkib topgan “Ansarulloh jamoati” tolibonparast guruhi 1990-yillarning boshlarida Pokistonning qabila hududlarida paydo boʻlgan va asta-sekin Afgʻonistonga koʻchib oʻtgan.

Guruh rahbari Amriddin 2015-yilda afgʻon kuchlari tomonidan oʻldirilgan edi. AQSH kuchlari uning oʻgʻillarini 2009-yilda Afgʻonistonda qoʻlga olganlar.

Tojikiston hukumati ularni Afgʻonistondan 2018 yoki 2019-yilda ekstraditsiya qilgan.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha