http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/features/2018/09/27/feature-01
| Terrorizm

“Islom davlati” tarafdorlari internetda bir-birlarini xoinlikda ayblamoqdalar

Xolid al-Taiy

image

O‘zlarini “Daishgram” deb nomlagan iroqlik xakerlar guruhi 2017-yilning noyabridan beri ID izdoshlari orasida uning mavqeiga putur yetkazish maqsadida guruhning internetdagi axborot kanallari va materiallariga hujum qilib kelgan. (File)

BAG‘DOD, Iroq – “Islom Davlati” (ID) saflaridagi tafriqaning kuchayib borayotgan internetda tobora ko‘proq ko‘zga tashlanmoqda. Guruh a’zolari va uning tarafdorlari internet orqali o‘z noroziliklarini ifoda etmoqdalar.

Ochiq-oydin xoinlik ayblovlaridan tortib, muayyan shaxslarning chet el razvedka idoralari uchun josuslik qilgani haqidagi da’volargacha – birgalikda dushmanlik va ishonchsizlik muhitini yuzaga keltirgan.

Onlayn nashlar, shu jumladan, al-Nabaa haftanomasining sayti iyun oyi oxirida bir necha marotaba o‘zlarini “Daeshgram” deb ataganlar tomonidan xakerlik hujumiga uchraganidan so‘ng ayblovlar yanada avjiga chiqqan.

O‘tgan yil noyabr oyida “Daeshgram” IDga qarshi onlayn operatsiyani boshlagan edi.

image

ID tarafdorlari Telegram ilovasida “Zaharli ilon Salilatul-Usoma” deb nomlangan katta material chop etganlar. Unda o‘tmishda IDni qo‘llab-quvvatlagan “Salilat al-Usoma” nomi bilan tanilgan saudiyalik ayol josuslik qilish, guruhdagi barqarorlikka putur yetkazish va uning a’zolari orasida nizo keltirib chiqarishda ayblangan.

So‘nggi hujumlarning birida xakerlar al-Nabaa jurnali tarqatiladigan akkauntni soxtalashtirganlar. Bu guruh a’zolari va uning tarafdorlari o‘rtasida tartibsizlik keltirib chiqargan.

Soxta akkaunt tomonidan fotoshop dasturida o‘zgartirilgan muqova surati tarqatilgan bo‘lib, unda ID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy yarim yalang‘och ayollar qurshovida ko‘rsatilgan.

Uning ustidagi sarlavhada esa Jahon chempionatiga taqlidan: “Xalifa ID futbol jamoasining 16 bosqichga chiqqanini bayram qilmoqda”, deb yozilgan.

Al-Bag‘dodiyning boshqa bir surati ostiga esa “Qora ritsar isyoni”, degan so‘zlar bitilgan edi.

Hujum uchun mas’uliyatni “Daeshgram” o‘z zimmasiga olganiga qaramay, ID tarafdorlari Telegram ilovasida “Salilat al-Usoma” nomi bilan tanilgan, avvallari IDni qo‘llab-quvvatlagan saudiyalik ayolni xakerlik hujumi uchun javobgar deb atadilar.

“Salilat al-Usoma – zaharli ilon” nomli keskin qoralovchi tanqid al-Usomani josuslik va ID haqida soxta yangiliklar tarqatish orqali guruhni beqarorlashtirish hamda a’zolar orasida nizo chiqarishda ayblaydi.

“Adolatsizlik ta’siriga tushmang” sarlavhali post bilan javob berar ekan, Al-Usoma ID tarafdorlarini bunday ayblovlarni rad etishga, ayblovchilarni esa tavba qilish va kechirim so‘rashga chaqirdi.

Ichki ixltiloflarni fosh qilish

Shu va shunga o‘xshash hodisalar ID a’zolari va tarafdorlari o‘rtasida keskin nizolarni fosh qildi, deydi Bag‘dod universitetining jurnalistika fakulteti dekani Hoshim Hasan.

“Xiyonat va yashirin ma’lumotlarni tarqatish haqidagi ayblovlar terrorchilar Iroq va Suriyaning katta qismini nazorat qilgan vaqtlarda ham yangragan edi”, dedi u Diyaruna nashriga.

ID o‘z a’zolari, hatto o‘z akkaunt va postlari orqali sodiqligini isbotlaganlarga ham ishonmasligi sabab onlayn tarmoqda bu juda keskin ko‘rinish oldi.

Tarafdorlar muntazam ravishda diyonatsizlik va ko‘p hollarda dushman bilan hamkorlik qilayotgan ikki yuzli josuslikda ayblanadilar, dedi Hassan.

Mufassal aksilterror strategiya doirasida “guruh quroldan ayrilgan bo‘lsa-da, xavf tug‘diradi, shu sabab bu tafriqani yanada chuqurlashtirsh ustida ishlash zarur”, dedi u.

IDning tashviqot mashinasiga qarshi milliy va xalqaro sa’y-harakatlar davom etmoqda va guruhni targ‘ib etayotgan o‘n minglab akkauntlar, sahifalar va veb-saytlarni muvaffaqiyatli ravishda yopilmoqda, dedi u.

“ID saytiga qarshi amalga oshirilgan xakerlik hujumi muvaffaqiyatli va samarali bo‘ldi”, dedi u. “O‘ylaymizki, agar shunday davom etsa, “Daeshgram” guruhga ich-ichidan zarba beruvchi qudratli kuchga aylanadi va a’zolar o‘rtasida nizo keltirib chiqarib, guruhni tafriqaga soladi.”

ID akkauntlari nishonda

Iroq razvedka xizmatlari ID tarafdori bo‘lgan akkauntlarni nishonga olayotgan texnik jihatdan ziyrak xakerlarni jalb qila oldi, dedi xavfsizlik bo‘yicha tahlilchi Fadel Abu Rag‘if.

Bu xakerlar ko‘plab akkauntlarga kirganlar hamda u yerdan guruh rejalarini fosh etuvchi va sirli tarmoqlarini buzib tashlovchi ma’lumotlarni olganlar, dedi u Diyaruna nashriga.

Bu guruh a’zolar orasida tafriqani kuchaytirdi va guruhning yollash faoliyatiga to‘siq bo‘ldi, deb qo‘shimcha qildi u.

Jurnalistlar huquqlarini himoya qilish jamiyati rahbari, iroqlik jurnalist Ibrohim al-Sirojiyning so‘zlariga ko‘ra, ID o‘zining murakkab onlayn armiyasiga ega bo‘lgan.

Facebook, Twitter va Telegram ilovalari kabi ijtimoiy tarmoqlarda guruh va uning tarafdorlariga tegishli ekstremistik mafkurani targ‘ib qiluvchi va global terrorchilik hujumlariga chaqiruvchi juda ko‘p soxta akkauntlar bo‘lgan, dedi u Diyaruna nashriga.

Bu akkauntlarning ko‘pi yopilgan, ammo anchaginasi hali ham saqlanib qolmoqda, dedi u.

Shunga qaramay, “ID veb-saytlarining xakerlik hujumiga uchrashi va ularning kontenti ustidan nazorat o‘rnatilishi guruh tuzilmasiga jiddiy zarar yetkazmoqda”, dedi u. “Guruh a’zolari hech kimga ishonmay qo‘yganlar”.

Sizga maqola yoqdimi?
3
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha