Karvonsaroy
Texnologiya

O‘zbekistonda ekstremistik saytlarni bloklash tartibiga oid yangi qoidalar kuchga kirdi

Maksim Yeniseyev

Suriyadagi o‘zbek jangari guruhi – imom Buxoriy jamoatining yetakchisi ishtirokidagi videolavhadan olindan kadr. Yaqinda qabul qilingan qonun bu kabi ekstremistik ruhdagi saytlarning hukumat tarafidan bloklanishini osonlashtirgan. (File)

Suriyadagi o‘zbek jangari guruhi – imom Buxoriy jamoatining yetakchisi ishtirokidagi videolavhadan olindan kadr. Yaqinda qabul qilingan qonun bu kabi ekstremistik ruhdagi saytlarning hukumat tarafidan bloklanishini osonlashtirgan. (File)

TOSHKENT – O‘zbekiston ekstremizm, ayirmachilik va boshqa noqonuniy hatti-harakatlarni targ‘ib qiluvchi vebsaytlarga nisbatan yangi tartib va qoidalar asosida chora ko‘rmoqda.

5-sentabr kuni O‘zbekston bosh vaziri Abdulla Aripov taqiqlangan kontentga ega internet manbalarini bloklash tartibini belgilovchi qarorga imzo chekdi.

Kuchga kirgan yangi qarorga ko‘ra, hukumat ekstremizm, ayirmachilik yoki fundamentalizmni targ‘ib qilgan, hukumatni zo‘ravonlik bilan ag‘darish chaqirgan, milliy, diniy yoki etnik adovatni qo‘zg‘agan, giyohvand moddalar va pornografiya targ‘iboti bilan shug‘ullangan yoxud davlat sirini oshkor etgan veb-saytlarni bloklashi mumkin.

Qarorda hukumat veb-saytni blokdan chiqarishi uchun nima qilinishi kerakligi haqida ham batafsil ma’lumot berilgan.

“Bundan avval O‘zbekistonda veb-saytlarni bloklash tartibini belgilovchi qonunlar bo‘lmagan”, deydi kiberxavfsizlik bo‘yicha toshkentlik mutaxassis Vasiliy Motilin Karvonsaroy nashriga.

“Ko‘p saytlar, jumladan axborot resurslari ham “rasmiy sababsiz” bloklanar edi. Hech kim hech qachon saytlar nima sababdan bloklangani yoki sayt egasi qanday qilib unga kirish huquqini tiklashi mumkinligi haqida xabar bermas edi”, dedi u.

“Ba’zida veb-saytlarga kirish mumkin bo‘lsa, ozroq vaqt o‘tib ular yana g‘oyib bo‘lar edi”, dedi u.

O‘zbekistonda sayt egalarida uning bloklangani yuzasidan sudga shikoyat berish imkoni paydi bo‘lgani yaxshi. Bizda avval bunday mexanizm bo‘lmagan”, dedi Motilin.

Internet-resurlar monitoringi

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi huzuridagi Ommaviy kommunikatsiyalar monitoringi markazi vebsaytlarni bloklashga mas’ul bo‘ladi, deyiladi qarorda.

Markaz bloklangan resurslar reestrini tuzib boradi. Ro‘yxat keng omma uchun ochiq bo‘lmasa-da, veb-sayt egalari saytlaring bu ro‘yxatda bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot olishlari mumkin.

“Monitoring markazi mutaxassislari internetda O‘zbekiston qonunchiligiga zid bo‘lgan axborotni tarqatilishini uzluksiz kuzatib boradilar”, dedi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi matbuot kotibi Maxmud Fazliddinov Karvonsaroy nashriga.

“Qonun buzilishi hollari qayd etiladigan bo‘lsa, bir kun ichida veb-sayt nima sababdan bloklanayotgani haqida qaror chiqariladi va 12 soat ichida u bloklanadi”, dedi u.

Bloklangan saytga uning taqiqlangan resurslar ro‘yxatiga qo‘shilgani haqidagi ma’lumot ilib qo‘yiladi, dedi u. Hozirgacha nechta sayt bloklab qo‘yilgani haqida xabar berilmagan.

Boshqa davlatlardan farqli o‘laroq, O‘zbekistonda vebsayt bloklanishi uchun sud hukmi talab etilmaydi, ammo sayt egalari mazkur choraga nisbatan shikoyat qilish huquqiga egalar, dedi Fazliddinov.

Shuningdek, sayt egasi o‘z ixtiyori bilan taqiqlangan axborotni olib tashlashi va bu haqda monitoring markaziga yozma ravishda xabardor qilishi mumkin, dedi Fazliddinov. Bu holatda veb-sayt ikki kun ichida blokdan chiqariladi.

Samarali choralar

“Hozirgi paytda internetda o‘zbek tilida ekstremistik materiallar joylangan saytni topish juda mushkul”, deydi toshkentlik siyosatshunos Umid Asatullayev Karvonsaroy bilan suhbatda.

“ID [Islom davlati], Tolibon va Suriyada jang qilayotgan o‘zbek guruhi – “Imom Buxoriy jamoati” bilan bog‘liq resurslar mazkur guruhlarning tanazzuli sabab ortiq faoliyat ko‘rsatmayapti”, dedi u.

“YouTube tarmog‘ida uncha faol bo‘lmagan kanallarni uchratish mumkin, ekstremistlar, shuningdek Telegram va Whatsapp tarmoqlarida ham kanallarga ega”, dedi u.

Radikalizm g‘oyalarni targ‘ib qilish uchun internet resurslaridan foydalanadigan jangarilar o‘z holicha tashlab qo‘yilgan isyonchilar saytlaridan ko‘ra kattaroq xavf tug‘diradi, deb ogohlantirgan Asatullayev.

“Internetda boshqa dinlar va millatlarga nisbatan toqatsizlik, O‘zbekistonda shariat qonunlarini joriy etish kerakligi haqida ma’ruza qiladigan da’vatchilar ham paydo bo‘lmoqda”, dedi Asatullayev. “Ularning xorijda homiylari borligi aniq”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 6

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Hozir hammada miyasi bor oldin ham bulgan saytni bloklash erkinlikni qirqishdir undan kura ta'lim muassasalarida kuchli ta'lim berib shularni oq qoradan ajratishni urgatish kerak. Istalgan bloklangan saytga VPN orqali kirish imkoniyati mavjudku undan kura tuliq ochiq tursin lekin ta'lim muassasalari xususan maktab boqcha da talimni sifatiga urg'u berish kerak

Javob berish

Hozirda internet keng ommalashib ketdi, shuning uchun yosh bollar o'qishdan ko'ra internetga kóproq ahamiyat bermoqda,

Javob berish

To‘g‘ri birinchi fahsh va odam o‘ldirish bilan to‘la bo‘lgan saytlarni to‘htatish kerak. Ilm tarqatadigan qonuniy saytlarni ko‘paytirish kerak. Rahmat.

Javob berish

Birinchidan, mobil operatorlar orqali pulli kontentni bloklash zarur, ular abonentning ruxsatisiz foydalanuvchiga bog‘lanishadi va xabarlarsiz, tasdiqlashsiz pul shilib olishadi. Yaqinda menda Mobile Solutions bilan shunday hodisa yuz bergan edi. Hech nimani ulamagan edim va kontentga ham kirmagan edim.

Javob berish

Mani fikrim Facebook, Telegram va hokazo saytlarda mualliflik huquqini biror admin nazoratiga berish kerak, bular davlat oldida javobgar boʻlsin. Bir gruppa tuzyaptimi moderator huquqini sotib olsin, ana shunda tartib boʻladi. Yuqoridagi tartibni buzganlarni moder bloklaydi. Bu tizim yoʻlga qoʻyilmas ekan, u shohdan haydasa bu shohdan kirib kelaveradi bundaylar. Turkmanistonda shu tizim yoʻlga qoʻyilgandi, anketa bloklansa minglab rublga oddiy profilni ochdirardi. Har kim xohlaganini yozaversa, admin umuman nazorat qilmasa, moderatorni umuman ishi yoʻq.

Javob berish

Yuz foizga qo‘shilaman.

Javob berish