Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-10-31 | Iqtisodiyot

Qozogʻiston Germaniya bilan qishloq xoʻjaligi sohasida hamkorlik qiladi


Suratda: qozogʻistonlik fermer, 2017-yil, may. (Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirligi)

Suratda: qozogʻistonlik fermer, 2017-yil, may. (Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirligi)

Aydar Ashimov

OSTONA – Qozoq va nemis biznes yetakchilari, hukumat rasmiylari mutaxassislar 26-oktabr kuni Qozogʻistonda barqaror qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga bagʻishlangan anjumanda ishtirok etish uchun Ostona shahriga yigʻildilar.

“Qozogʻiston-Germaniya: barqaror qishloq xoʻjaligini barpo etish sohasidagi hamkorlar” deb nomlangan tadbir Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi sohasining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan

“Anjumandan koʻzlangan maqsad – Germaniya va Qozogʻiston oʻrtasida ekspertlararo tajriba almashinuvi orqali Qozogʻistonda barqaror qishloq xoʻjaligini barpo etishga koʻmaklashish”, deb xabar berdi Germaniya elchixonasi.


26-oktabr kuni Ostona shahrida Germaniya va Qozogʻiston tadbirkorlari ishtirokida barqaror qishloq xoʻjaligini barpo etishga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi. (Aydar Ashimov)

26-oktabr kuni Ostona shahrida Germaniya va Qozogʻiston tadbirkorlari ishtirokida barqaror qishloq xoʻjaligini barpo etishga bagʻishlangan anjuman boʻlib oʻtdi. (Aydar Ashimov)

Konferensiyada Qozogʻiston qishloq xoʻjaligi vazirligi, Saken Seifullin nomidagi qozoq agrotexnika universiteti va mamlakatning milliy agrar ilmiy-oʻquv markazi vakillari hamda Germaniya universitetlarining olimlari ishtirok etdi.

“Mislsiz imkoniyatlar”

Qishloq xoʻjaligi sohasida raqobatbardoshlikni oshirishdan tashqari, “ikki mamlakat oʻrtasida agrar sohadagi hamkorlik, shuningdek, dehqonchilik, chorvachilik va kompyuterlashtirish sohalarini rivojlantirish” mavzulari ham muhokama etildi”, dedi Ostonadagi milliy agrar ilmiy-oʻquv markazi rahbari Ulan Tajibayev Karvonsaroyga.

Tojiboyevga koʻra, uchrashuvda oziq-ovqat mahsulotlarini turli bozorlarga tashish va yetkazib berish, agrar sohada zamonaviy texnologiyalarni qoʻllashni oʻrgatish yoʻllari va bu boradagi ilmiy tadqiqotlar ham muhokama qilingan.

“Kazax-Invest” kompaniyasi raisining oʻrinbosari Marat Birimjanning soʻzlariga koʻra, “Qozogʻistonda har besh kishidan biri qishloq xoʻjaligi sohasida ishlaydi”. Bu haqda seshanba, 30-oktabr kuni “Astana Times” nashri xabar berdi.

“Qozogʻistonda 210 mln. gektarga yaqin qishloq xoʻjaligi maydonlari (jahonda ikkinchi) va 180 mln. gektar yaylovlar boʻlib, bu qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ulkan imkoniyatlarni yaratadi”, dedi u.

Birimjan Germaniya 2005-yildan beri Qozogʻistonga 4,2 mlrd. dollarga (1.6 trld. tenge) yaqin investitsiya kiritganini alohida taʼkidlab oʻtgan.

Qishloq xoʻjaliliga oid bilimlarni rivojlantirish

Germaniyaning qishloq xoʻjaligi boʻyicha mutaxassislari Qozogʻistondagi nemis agrar markazida qozoq hamkasblarini oʻqitishda davom etmoqdalar. Bu haqda bundestag deputati, oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi federal vazirligining davlat kotibi Mixael Shtubgen maʼlum qildi.

Aqmola viloyati, Chaglinka qishlogʻida joylashgan markaz 2011-yildan beri faoliyat yuritib keladi.

Uning soʻzlariga koʻra, 2019-yilda Germaniya ushbu markazni moliyalashtirishni toʻxtatadi, ammo bu vaqtga kelib markaz oʻz-oʻzini taʼminlay oladi va faoliyatini davom ettiradi.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar 0

Captcha