Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-12-07 | Xavfsizlik

O‘zbekiston tarixidagi eng yirik harbiy mashqlar armiyaning jangovar shayligini namoyish etdi

  • 
Askar mashqlarning birinchi kunida harbiycha yurishda ishtirok etmoqda, Toshkent viloyati, 26-noyabr. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

    Askar mashqlarning birinchi kunida harbiycha yurishda ishtirok etmoqda, Toshkent viloyati, 26-noyabr. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

  • 
O‘zbek askarlari mashqlarning birinchi kunida harbiycha qadam tashlamoqdalar, Toshkent viloyati, 26-noyabr. (O‘zbekiston Mudofaa vazirligi)

    O‘zbek askarlari mashqlarning birinchi kunida harbiycha qadam tashlamoqdalar, Toshkent viloyati, 26-noyabr. (O‘zbekiston Mudofaa vazirligi)

  • 
Prezident Shavkat Mirziyoyev va mudofaa vaziri Abdusalom Azizov qurol-aslahalarni koʻzdan kechirmoqda, 28-noyabr, Chirchiq. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

    Prezident Shavkat Mirziyoyev va mudofaa vaziri Abdusalom Azizov qurol-aslahalarni koʻzdan kechirmoqda, 28-noyabr, Chirchiq. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

  • 
O‘zbek desantchi askarlari parashutda, Chirchiq, 28-noyabr. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

    O‘zbek desantchi askarlari parashutda, Chirchiq, 28-noyabr. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

  • 
AQSH mudofaa vazirining Afg‘oniston, Pokiston va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Kolin Jekson 8-noyabr kuni Toshkentdagi O‘zbekiston Qurolli kuchlar akademiyasi muzeyiga tashrif buyurdi. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

    AQSH mudofaa vazirining Afg‘oniston, Pokiston va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Kolin Jekson 8-noyabr kuni Toshkentdagi O‘zbekiston Qurolli kuchlar akademiyasi muzeyiga tashrif buyurdi. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

Maksim Yeniseyev

TOSHKENT – O‘zbekiston o‘tgan oyda o‘tkazilgan eng yirik harbiy mashqlar davomida askarlarning jangovar tayyorgarligi va o‘zining harbiy salohiyatini namoyish qildi.

26-30-noyabr kunlari o‘tgan harbiy mashqlarda O‘zbekiston qurolli kuchlarining minglab askarlari, harbiy samolyotlar, vertolyotlar, tank va desantchi bo‘linmalar ishtirok etdi.

“Armiyaning harbiy tayyorgarligi bunday keng ko‘lamda ilk marta sinalmoqda”, dedi O‘zbekiston mudofaa vaziri mashqlarning boshlanishini e’lon qilgan bayonotida.


O‘zbekiston havo mudofaasi kuchlari shartli hujumni qaytarmoqda, 28-noyabr, Chirchiq. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

O‘zbekiston havo mudofaasi kuchlari shartli hujumni qaytarmoqda, 28-noyabr, Chirchiq. (O‘zbekiston mudofaa vazirligi)

“Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi belgilangan muddatda askarlarning yuqori darajada shay holga kelishga qodirligini tekshirish”, deb xabar berdi mudofaa vazirligi. Shuningdek, “harbiy bo‘linmalarning shaxsiy tarkib darajasi, qurol-yarog‘, harbiy texnika va boshqa jihozlar ta’minotini tekshirish ham koʻzlangan”, deb qo‘shimcha qildi u.

Mashqlar dastlabki ogohlantirishlarsiz boshlab yuborildi, “ammo askarlar uchun bu kutilmagan holat bo‘lmadi”. Chunki ular yil davomida puxta harbiy tayyorgarlikdan o‘tganlar, deb xabar berdi Gazeta.uz nashri mudofaa vazirligi matbuot markaziga asoslanib.

Markaziy Osiyodagi eng kuchli armiya

O‘quv mashg‘ulotlarining birinchi kunida askarlar yuk mashinalari hamda zirhli texnika vositalari ishtirokida harbiy yurishni amalga oshirdi.

Mudofaa vazirligi o‘quv mashqlarini o‘tkazish uchun “Sho‘rsu”, “Angren”, “Forish”, “Kattaqo‘rg‘on”, “Nuriston”, “Termiz”, “Nukus” va “Chirchiq” poligonlarini tanladi.

28-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Chirchiq dala o‘quv maydoniga tashrif buyurib, harbiy havo kuchlari, parashutchilar, artilleriya, motoo‘qchilar, tankchilar va maxsus kuchlarning qoʻshma harakatlarini kuzatdi.

Mashg‘ulotlar “askarlarimizning mahorati, jangovar shayilgi va yaxlit kuch sifatida harakat qila olishini namoyish etdi”, deb xabar berdi prezident axborot xizmati.

Mamlakat mudofaa sohasida olib boilayotgan islohotlardan maqsad, O‘zbekiston xavfsizligi va uning xalqi uchun osoyishta hayotni ta’minlash, dedi Mirziyoyev o‘z tashrifi davomida.

Shu kunning o‘zida davlat xavfsizlik kengashiga murojaat qilar ekan, Mirziyoyev joriy yilda hukumat harbiy qismlar tuzilmasini qayta ko‘rib chiqqanini, bu esa qo‘shinlarni ta’minlash xarajatlarini qisqartirishga olib kelganini ta’kidlab o‘tdi.

Oziq-ovqat yetkazib berishni tashqi ta’minotchi zimmasiga yuklash jangovar shaylikni oshirdi, dedi u.

Islohotlar natijasida joriy yilda O‘zbekistonning jahon miqyosidagi “Global Firepower” reytingidagi o‘rni yuqoriladi.

Reytingga koʻra, O‘zbekiston 9 pog‘ona yuqorilab, dunyoda 39-o‘rinni egalladi va Markaziy Osiyoda eng kuchli armiya bo‘ldi.

Shu bilan birga, oktabr oyida O‘zbekiston razvedkachilari Uelsda o‘tadigan eng qat’iy patrul sinovlari – “Cambrian Patrol 2018”da oltin medalga sazovor bo‘ldilar.

“O‘zbekistonda olib borilgan islohotlar samarasi oʻlaroq, davlatning iqtisodiy salohiyati ortib bormoqda”, dedi toshkentlik siyosatshunos Umid Asatullayev Karvonsaroy nashriga.

Buning natijasida “harbiy soha hukumatdan harbiy budjetni oshirishni, armiyani isloh qilish va qurol-yarogʻ taʼminotini kutmoqda”, dedi u.

“Oʻquv mashqlari armiya salohiyatini namoyish etishning eng yaxshi yoʻli. Aftidan, prezident uning jangovar shayligidan qoniqish hosil qildi”, dedi u.

Mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish

Islohotlar fonida Oʻzbekiston armiyasi mintaqadagi boshqa mamlakatlar bilan doʻstona aloqalarni yoʻlga qoʻymoqda.

“Ishonchim komilki, bu mashqlar mintaqaga hech qanday tahdid solmaydi”, dedi Asatullayev. “Bugungi kunda Markaziy Osiyoda ikki faraziy davlatning barcha turdagi qoʻshinlari ishtirokida keng koʻlamli harbiz nizo yuz berishini tasavvur qilish mushkul”.

“Mamlakat hududiga terrorchilarning sizib kirishi, isyonlar, ekstremistlar boʻlinmalarining tashkil etilishi xavfi bundan-da dolzarbroq”, deydi oʻzbekistonlik siyosatshunos Umid Asatullayev Karvonsaroy bilan suhbatda.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Qirgʻizistonni oʻquv mashqlari oʻtkazilishi haqida xabardor qilar ekan, “mashqlar rejaga muvofiq oʻtkazilayotgani va boshqa mamlakatlar manfaatlariga qarshi qaratilmaganini” taʼkidlagan, deb xabar beradi KGinform.

Iyul oyida Oʻzbekiston va Qozogʻiston terrorizmga qarshi qoʻshma harbiy mashqlarni oʻtkazgan edilar.

“Dasht erki” mashgʻulotlarining birinchi bosqichi 10-16-iyul kunlari Qozogʻistondagi “Matibuloq” mashgʻulotlar poligonida boʻlib oʻtdi. Ikkinchi bosqich esa 21-iyul kuni Oʻzbekistondagi Forish oʻquv markazida oʻtkazildi.

Ikki mamlakat bunday mashqlarni muntazam ravishda oʻtkazishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi Gazeta.uz nashri.

Shuningdek, sentyabr oyida 600 nafar tojik va oʻzbek askarlari Tojikistonning Soʻgʻd viloyatida qoʻshma harbiy mashqlarni oʻtkazdilar, ular olis togʻli hududlarda shartli terrorchilik tashkilotlarini yoʻq qilishga qaratildi.

Xalqaro dastak

Bu orada Oʻzbekiston AQSH va boshqa xalqaro hamkorlar koʻmagiga tayangan holda oʻz qurolli kuchlarini isloh qilmoqda.

8-noyabr kuni Oʻzbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov AQSH mudofaa vazirining Afgʻoniston, Pokiston va Markaziy Osiyo boʻyicha oʻrinbosari Kolin Jekson rahbarligidagi Amerika harbiy delegatsiyasini qabul qildi.

“Biz uchun Qoʻshma shtatlar - ishonchli, vaqt bilan sinalgan hamkor, u bilan doʻstona aloqalar, hamkorlik va oʻzaro koʻmak doimiy ahamiyat kasb etgan”, dedi Azizov uchrashuv chogʻida.

Shubhasiz, dunyoning eng ilgʻor qurolli kuchlari bilan yaqindan hamkorlik qilish harbiylarimizning jangovar shayligi va operativ imkoniyatlarini oshirishga imkon beradi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 3

Fikrlar 0

Captcha