DUSHANBE – Payshanba (2-yanvar) kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bir qator qonun loyihalari, jumladan ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonunga imzo chekdi, deb xabar beradi AsiaPlus.tj prezidentning matbuot xizmatiga tayanib.
Shuningdek, voyaga yetmaganlar orasidagi jinoyatchilik va suvdan foydalanuvchilar uyushmalariga taalluqli boshqa qonunlar ham imzolangan.
Rahmon tomonidan maʼqullangan ekstremizmga qarshi qonun loyihasi Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan.
Uzoq muddatli ustuvor masala
Qonun parlamentda prezidentning ushbu masalani koʻtarganidan bir yil oʻtib kuchga kirmoqda.
Ekstremizmga qarshi kurashga oid amaldagi qonun zamon talablariga javob bermaydi, degan edi Rahmon 2018-yil 26-dekabr kuni parlamentning qoʻshma majlisida.
Tojikiston oʻz fuqarolarini terrorchilik tashkilotlarga qoʻshilishining oldini olish va xorijda shunday guruhlarga qoʻshilib qolgan tojiklarni vataniga qaytarishga urinib kelmoqda.
Xabar qilinishicha, yangi qonun soʻnggi xalqaro voqealar, jumladan, BMT Xavfsizlik Kengashi va boshqa tashkilotlarning rezolutsiyalarini oʻzida aks ettiradi.