Karvonsaroy
Xavfsizlik

Qozogʻiston hukumati Jambil viloyatida osoyishtalikni tiklashga harakat qilmoqda

Karvonsaroy

8-fevral kuni Qozogʻistondan Qirgʻiziston tomonga oʻtish uchun Toʻqmoq shahri yaqinida yigʻilgan etnik dunganlar. 7-fevral kuni Qozogʻistonning Jambil viloyatida qozoqlar va dunganlardan iborat milliy ozchilik vakillari oʻrtasida yuz bergan toʻqnashuvlar oqibatida 8 kishi hayotdan koʻz yumdi. [AFP]

8-fevral kuni Qozogʻistondan Qirgʻiziston tomonga oʻtish uchun Toʻqmoq shahri yaqinida yigʻilgan etnik dunganlar. 7-fevral kuni Qozogʻistonning Jambil viloyatida qozoqlar va dunganlardan iborat milliy ozchilik vakillari oʻrtasida yuz bergan toʻqnashuvlar oqibatida 8 kishi hayotdan koʻz yumdi. [AFP]

NUR-SULTON – Qozogʻiston hukumati Jambil viloyatida millatlararo totuvlikni tiklash yoʻlida qator choralar koʻrmoqda.

7-fevral kuni Qoʻrday tumani Masanchi qishlogʻida yuz bergan toʻqnashuvlar oqibatida 10 kishi halok boʻlgan va katta moddiy zarar koʻrilgan. Mojaro etnik qozoqlar va dunganlardan iborat ozchilik vakillari oʻrtasida kelib chiqqan. Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi (RFE/RL) xabariga koʻra, Qozogʻiston Ichki ishlar vazirligi (IIV) voqeaga yoʻl-transport hodisasi sabab boʻlganini aytdi.

Qirgʻiz rasmiylarining Ozodlikka maʼlum qilishicha, toʻqnashuvlar ortidan aksari dunganlardan iborat 4500 ga yaqin qozoq fuqarosi qoʻshni Qirgʻizistonga qochib oʻtgan.

Prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev Jambil viloyati hokimi Asqar Mirzahmedov, hokim oʻrinbosari Sulushash Kurmanbekova, Qoʻrday tumani hokimi Bolatbek Baytole, Jambil viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbari Arman Orazliyev va Qoʻrday tumani politsiya rahbari Azamat Ayximbekovlarni lavozimidan ozod qilishni buyurdi, deb xabar bergan dushanba (10-fevral) kuni prezident matbuot xizmati.

Olmaotadan 250 km uzoqlikdagi Bulan-Botir qishlogʻida yonib ketgan uy ichidagi etnik dungan ayoli, 8-fevral. [AFP]

Olmaotadan 250 km uzoqlikdagi Bulan-Botir qishlogʻida yonib ketgan uy ichidagi etnik dungan ayoli, 8-fevral. [AFP]

Dam olish kunlari hukumat tomonidan qoʻshimcha chora-tadbirlar amalga oshirilgan.

Jumladan, YTH videosini internetga joylashtirib, mojaroga sabab boʻlgan erkak qoʻlga olingan. Shu bilan birga, qurbonlarning oilalariga kompensatsiya berilishi va buzilgan uylarni tiklash vaʼda qilingan, deb xabar beradi RFE/RL.

Hukumat komissiyasi tergov olib borish uchun Qoʻrday tumanidagi voqea joyiga yetib borgan.

Uysiz qolganlarga yakshanba kuni kechqurun Qozogʻiston hukumati tomonidan yuborilgan birinchi gumanitar yordam yetib kelgani xabar qilindi.

Qozogʻiston chegarasidan Qirgʻizistonda oʻtganlarga dunganlar tomonidan tibbiy yordam koʻrsatilib, oziq-ovqat tarqatilgan.

Qozogʻiston va Qirgʻizistonda 120 mingga yaqin dungan elati vakillari (xitoylik etnik musulmonlar) yashaydi. Ularning ajdodlari 19-asrda Xitoyda dungan qoʻzgʻoloni bostirilganida qochib oʻtgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qanaqa viloyat? Qaysi hokim? Maqolani yozgan odam Qozogʻiston haqida fikrga egami yoki chetda turgan kimningdir buyrugʻi bilan yozilgan maqolami?

Javob berish

Chala haqiqat

Javob berish