Karvonsaroy
Salomatlik

Kremlning oʻz sogʻliqni saqlash tizimiga nisbatan dezinformatsiya qoʻllagani rossiyaliklarni gʻazabga soldi

Karvonsaroy va AFP

Moskvadagi Spasokukotskiy shifoxonasida tibbiy xodimlar koronavirus bemorlarini davolash uchun smenaga tayyorlanmoqda, 22-aprel. Prezident Vladimir Putin koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etgan shifokorlar va haydovchilarga qoʻshimcha maosh va oylik pul mukofotlari toʻlanishiga vaʼda bergan edi. Ammo meʼyordan ortiqcha ishlagan shiforkorlar aprel oyi toʻlovlarini tekshirganlarida bunday saxovatli mablagʻlar asarini topa olishmagan. (Yuriy Kadobnov/AFP)

Moskvadagi Spasokukotskiy shifoxonasida tibbiy xodimlar koronavirus bemorlarini davolash uchun smenaga tayyorlanmoqda, 22-aprel. Prezident Vladimir Putin koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etgan shifokorlar va haydovchilarga qoʻshimcha maosh va oylik pul mukofotlari toʻlanishiga vaʼda bergan edi. Ammo meʼyordan ortiqcha ishlagan shiforkorlar aprel oyi toʻlovlarini tekshirganlarida bunday saxovatli mablagʻlar asarini topa olishmagan. (Yuriy Kadobnov/AFP)

MOSKVA – Moskva Gʻarb davlatlari sogʻliqni saqlash tizimi obroʻsiga putur yetkazish maqsadida yangi koronavirus pandemiyasi haqida dezinformatsiya tarqatishga oid saʼy-harakatlarni kuchaytirar ekan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻz mamlakati sogʻliqni saqlash tizimida ham tartibsizlik va sarosima taktikalarini qoʻllamoqda. Bunday holatlar rossiyalik tibbiyot xodimlari orasida norozilik keltirib chiqargan.

Moskva yaqinida ishlovchi 24 yashar shifokor Mariyaning bemorlaridan birida koronavirus kasali aniqlansa, ustama haq berilishini kutgandi. Ammo, qaytanga uning maoshi kamaygan.

U poytaxtdan 200 km uzoqlikdagi shaharchada bemorlarni uyiga borib tekshiradi, odatda bir kunda uchtagacha chaqiruv boʻladi. Ammo aprel oyida Rossiyada pandemiya kuchayishi bilan bunday chaqiruvlar soni 30 taga yetgan.

Prezident Vladimir Putin aprelda televideniye orqali chiqish qilib, virus bilan ogʻrigan bemorlarni davolagan shifokorlarga har oyda 80 ming rubl (1078 AQSH dollari) mukofot puli berilishini eʼlon qilgandi. Mariya buni xavf va ortiqcha ish uchun kompensatsiya puli deb oʻylagan.

Bemor erkakni COVID-19 yangi koronavirusi bilan kasallanganlar saqlanadigan Moskva yaqinidagi Kommunarka aholi punktiga olib ketayotgan tibbiy xodimlar, 28-aprel. (Aleksandr Nemenov/AFP)

Bemor erkakni COVID-19 yangi koronavirusi bilan kasallanganlar saqlanadigan Moskva yaqinidagi Kommunarka aholi punktiga olib ketayotgan tibbiy xodimlar, 28-aprel. (Aleksandr Nemenov/AFP)

“Agar infeksiyaga chalinganlar bilan aloqa qilishga toʻgʻri kelsa, menga ham pul toʻlanadi deb umid qilgandim”, deb aytgan Mariya anonimlik sharti bilan AFP nashriga kelajakda karyerasiga putur yetishidan qoʻrqib.

Ammo buning tamoman aksi yuz berdi.

Bemorlardan birini tekshirganidan keyin Mariyada kasallik aniqlanishi ortidan, unga ikki hafta davomida oʻzini yakkalash talabi qoʻyildi. Aprel oyida uning maoshi kamaygan va atigi 14 ming rublni (189 AQSH dollari) tashkil etgan.

Uning oylik maoshi oydan oyga turlicha boʻlgan, ammo ikkita joyda va qoʻshimcha tarzda ishlashini hisobga olganda, koʻpi bilan 35 ming rubl (486 AQSH dollari) maosh olgan.

“Menga virus yuqishi mumkin edi, ammo mukofot puli oʻrniga odatdagidan kam maosh oldim”, dedi Mariya. Unga har bir smena uchun bitta tibbiy niqob va qoʻlqop berilgan.

Rossiyadagi sogʻliqni saqlash xodimlari Putinning koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etgan shifokorlar va haydovchilar uchun qoʻshimcha maosh va 25 ming rubldan 80 ming rublgacha (337 dan 1078 AQSH dollari) oylik pul mukofotlari toʻlanishi haqidagi vaʼdasiga ishongan edilar.

Ammo qoʻshimcha ravishda mehnat qilgan shifokorlar aprel oyi maoshini olar ekan, bu saxovatli mukofotlardan asar ham koʻrmaganlar.

Shifokorlarning hafsalasi pir boʻlgan

Koʻpchilik maosh cheklarining rasmini internetga joylagan, ularga koʻra ustama toʻlov 10 AQSH dollari va undan kam boʻlgan yoki umuman hisoblanmagan.

Chorshanba (13-may) kuni bosh vazir Mixail Mishustin muammoni tan oldi.

Hukumat sogʻliqni saqlash tizimiga mukofor pullari uchun 27,5 milliard rubl (365 million AQSH dollari) oʻtkazgan, ammo hududiy hokimliklar 4,5 milliardlik (60 million AQSH dollari) toʻlov amalga oshirganlar, dedi u.

“Hatto yangi infeksiya eng koʻp tarqagan va shifokorlar uchun yuklama eng koʻp boʻlgan hududlarda ham toʻlov muammosi mavjud”, deb eʼtirof etdi u.

Putinning buyrugʻi sogʻliqni saqlash tizimi byurokratiyasidan oʻtish jarayonida oʻz kuchini yoʻqotdi, deydi “Action” tibbiy xodimlar kasaba uyushmasi hamraisi Andrey Konoval.

Ayrim shifoxonalar “koronavirus jamoasiga” muayyan xodimlarnigina qoʻshgan, Mariyaga oʻxshaganlar esa virus bilan yuzma-yuz kelgan boʻlsa ham mukofot puli olmagan.

Baʼzi hududlarda shifoxonalar pulni tejash uchun infeksiya bilan aloqada boʻlingan vaqtni daqiqasigacha hisoblagan.

Baʼzi shifoxonalardagi tez yordam jamoalariga esa tasdiqlangan kasallanish holatlaridagina qoʻshimcha pul hisoblangan.

Konovalga koʻra, “aslida yuqori qon bosimi chaqiruviga borgan tez yordam xodimlarining kasallikka chalinish ehtimoli katta, sababi ular yaxshi himoyalanmagan va bemor oʻzida infeksiya bor-yoʻqligini bilmaydi”.

Putinning mukofot puli haqidagi vaʼdalari quloqqa juda “yoqimli” eshitilgan edi, dedi u. “Ammo shifokorlarning undan hafsalasi pir boʻlgan”.

Arzimagan pul uchun ishlash

Yaqinda oʻtkazilgan “optimallashtirish” islohotlari natijasida minglab klinikalar yopilar ekan, tibbiy xodimlarni qadrlamaslik holatlari soha xodimlari orasidagi norozilikni kuchaytirdi.

Bularning bari berilgan vaʼdalarning bajarilmasligiga koʻnikkan “tibbiyot xodimlarining ustidan kulishdek koʻrinmoqda”, deyiladi oʻtgan hafta “Action” kasaba uyushmasi tomonidan eʼlon qilingan petitsiyada. Ular mukofot pullarining toʻliq berilishini talab qilmoqdalar.

Qoʻshimcha toʻlovlar olish huquqini kengaytirishga chaqiruvchi bu petitsiya 100 mingdan ortiq imzo toʻpladi.

Rossiyaliklar iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan bir paytda, shifokorlarga qoʻshimcha pul toʻlash haqidagi Kremlning vaʼdasi tibbiyot xodimlari va jamoatchilik orasida tanglikni keltirib chiqargan edi, dedi Konoval.

“Pandemiya vaqtida katta pul oladigan shifokorlar haqidagi mish-mishlar sariq chaqa uchun ishlayotgan shifokorlarga yoqmaydi”, dedi u.

Shifokorlik kasbi – munosib ish haqi talabi oʻrniga, xizmat sifatida qabul qilinadigan bu mamlakatda soha xodimlarining koʻpchiligi qoʻshimcha maosh talab qilishni istamaydilar.

“Bemorlar koʻp ishlaganimiz uchun katta pul olishimiz kerakligini aytadilar”, deydi Moskva yaqinidagi klinikada shifokor boʻlib ishlaydigan Mariya.

“Ammo hech kim shikoyat qilmaydi, chunki ularga farqi yoʻq”, dedi u. “Men faqat adolat qaror topishini xohlayman, hech qanday urush boshlamoqchi emasman.”

Moskva raqamlarni soxtalashtiryaptimi?

Rossiyada ilgʻor oʻrinlarda pandemiyaga qarshi kurash uchun shifokorlar yetishmayotgan bir paytda, ayrim kuzatuvchilar koronavirus bilan bogʻliq kasallanish va oʻlim holatlarining rasmiy soniga shubha bilan qaramoqdalar.

Juma, 15-may holatiga koʻra, Rossiyada COVID-19 bilan bogʻliq 262843 ta holat tasdiqlanib, bu borada mamlakat dunyoda ikkinchi oʻringa chiqqan. Virusdan 2418 nafar rossiyalik oʻldi, bu Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniyadagidan 10 barobar kam.

Tanqidchilarning eʼtirozicha, Rossiya maʼmurlari inqiroz koʻlamini kichraytirish uchun oʻlimlar sonini kamaytirib hisoblayapti. Sogʻliqni saqlash tizimi yetarlicha moliyalanmaydigan mamlakat virusga qarshi kurashni Qoʻshma Shtatlar va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlaridan yaxshiroq eplayotganiga ishonish qiyin, deydi ular.

Shu haftada eʼlon qilingan raqamlarga koʻra, Moskvada aprel oyidagi oʻlim koʻrsatkichi virus bilan kasallanish holatlaridan oshib ketgani qayd etilgach, ayrimlar bu maʼlumotlarning ishonchliligiga shubha bildirishgan.

Raqamlarga koʻra, oʻtgan oyda Moskvada 11846 ta oʻlim qayd etilgan, bu 2019-yilning aprel oyiga nisbatan 1841 taga koʻp, ammo koronavirusdan oʻlgan odamlar soni 639 tani tashkil etgan.

13-may kuni shahar sogʻliqni saqlash idoralari raqamlar soxtalashtirilganini rad etdilar. “Oʻlim koʻrsatkichlarini har oyda taqqoslash maqsadga muvofiq emas. Bu hech qanday tendensiyaning aniq dalili boʻla olmaydi”, dedi Moskva sogʻliqni saqlash boshqarmasi oʻz bayonotida.

Ayrim mamlakatlarda infeksiya tufayli vafot etganlar oʻlganlarning umumiy soniga qoʻshib hisoblanmoqda, boshqa mamlakatlar esa oʻlimida virus gumoni boʻlganlarni ham bu raqamga qoʻshmoqda, ayrimlar esa bevosita virus asoratlari tufayli oʻlganlarnigina hisoblamoqda.

Rossiya bu masalaga konservativ yondoshgan holda, oʻlim bilan bevosita aloqadorlik (koʻp hollarda pnevmoniya bilan bogʻliq) boʻlgan holatlarnigina koronavirusga oid oʻlim holati deb hisoblayapti.

“Kimdir yurak xurujidan vafot etsa-yu, unga COVID-19 tashxisi qoʻyilgan boʻlsa, yurak xuruji oʻlimning rasmiy sababi deb qayd etiladi”, dedi Moskva oliy iqtisodiyot maktabi demografi Sergey Timonin.

“Boshqacha qilib aytganda, koronavirus bilan bogʻliq oʻlim holatlarining hammasi ham koronavirus tufayli yuz bergan oʻlim deb malakalanmaydi”, dedi u AFP agentligiga.

Dezinformatsiya tarqatish

Bu orada, Rossiyadan tashqarida Yevropa sogʻliqni saqlash tizimini obroʻsizlantirish orqali Gʻarbdagi inqirozni kuchaytirishni koʻzlagan kremlparast OAV COVID-19 haqida yolgʻon maʼlumotlar tarqatmoqda , deyiladi mart oyida AFP ixtiyoriga kelib tushgan YI ichki hujjatida.

Kuzatuvchilar 22-yanvardan 1-aprelga qadar kremlparast OAVning COVID-19 borasidagi 150 dan ortiq dezinformatsiya holatlarini qayd etganlar, deb xabar beradi Yevropa tashqi aloqalar xizmati (EEAS).

Masalan, Sputnik Deutschland saytining Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlarida virusga qarshi “qoʻllarni yuvish foydasiz” ekanligi haqidagi iddaolar targʻib qilingan, deyiladi YI hisobotida.

Dezinformatsiya harakatlarining davom etayotganini NATOga aʼzo mamlakatlar ham ochiq eʼtirof etganlar.

Dezinformatsiyadan maqsad – oʻnlab turli xil, ayrim hollarda bir-biriga zid xabarlar tarqatib, tartibsizlik va vahima keltirib chiqarish.

Bunga “koronavirus Xitoy, AQSH yoki Buyuk Britaniya tomonidan ishlab chiqilgan biologik qurol boʻlib, u dastlab Xitoyda emas, balki AQSHda paydo boʻlgan yoki virus totalitar hukmronlik oʻrnatish vositasidir” degan iddaolarni misol oʻlaroq keltirish mumkin.

Kremlparast manbalar Xitoy va Eron kabi boshqa mamlakatlarda paydo boʻlgan fitna nazariyalarini ushlab olib, ularni kuchaytirmoqda, deydi Rossiya dezinformatsiyasiga oid masala bilan shugʻullanayotgan YIning Stratcom East ishchi guruhi.

Kremlning boshqa tashviqotlarida Moskvaning COVID-19ga qarshi kurashdagi muvaffaqiyatlari madh qilinadi, aslida esa Rossiya hukumati mamlakatni oʻzi kechikib tan olgan pandemiyadan himoyalash uchun darhol yopib qoʻyishga majbur boʻldi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 8

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Xitoyda koronavirusning yangi tarqalishi qaydi etildi; ommaviy karantin joriy etilmoqda. Bu holat Rossiya bilan chegara hududida yuz bermoqda. Virus Rossiyadan oʻtmoqda. Bu Rossiyada keng miqyosli epidemiologik fojea yuz berayotganidan darakdir.

Javob berish

Rossiyaning sogʻliqni saqlash tizimi yoʻq boʻlgan. Putin hukmronligining natijasi. SSSRdan qolgan tamom boʻlgan narsaga tegish kerak emas edi.

Javob berish

Surbetlarcha qilingan boʻhton! Rossiya COVID bilan kurashga yaxshiroq tayyorlangan, AQSH esa qayd etilgan holatlar bilan birinchi oʻrinda chiqib olgan!

Javob berish

AQSH birinchi oʻrinda ekanligining sababi ularning maʼlumotlari shaffof, Rossiya esa maʼlumotlarni yashiryapti va hammasini hisoblamayapti. Hatto Moskva meri Sergey Sobyaninga koʻra, kasallanganlarning haqiqiy soni statistikadagidan ikki baravar koʻproq.

Javob berish

Kreml oʻgʻrilaridan nima kutgan edingiz? Butun davlatni oʻmarib boʻlishgan.

Javob berish

Koronavirus holati bilan Rossiya ikkinchi oʻringa chiqib oldi.

Javob berish

Keragidan ortiq xorijoy gazetalar oʻqiganmisiz deyman? AQSH birinchi oʻrinda, keyin Buyuk Britaniya, keyin Yevropa. Rossiya ikkinchi oʻrinda ekanligi haqida u yerda hech nima yozilmagan.

Javob berish

Koʻzlaringni ishqalab yana bir marta oʻqib chiq. Rossiya ikkinchi oʻrinda

Javob berish