Karvonsaroy
Xavfsizlik

Kreml Markaziy Osiyo davlatlarini Tolibonlarning faollashayotgani bilan qoʻrqitmoqchi

Jumaguli Annayev

Afgʻoniston Milliy armiyasi (AMA) va Afgʻoniston mahalliy politsiyasi (AMP) kuchlari Pashtun Zargʻun tumanidagi tozalash operatsiyasi chogʻida patrul nazorati olib bormoqda, 28-noyabr, Hirot viloyati. [Xoshang Hoshimiy / AFP]

Afgʻoniston Milliy armiyasi (AMA) va Afgʻoniston mahalliy politsiyasi (AMP) kuchlari Pashtun Zargʻun tumanidagi tozalash operatsiyasi chogʻida patrul nazorati olib bormoqda, 28-noyabr, Hirot viloyati. [Xoshang Hoshimiy / AFP]

ASHXOBOD – Ashxobodlik kuzatuvchilarga koʻra, yaqinda Afgʻonistonda Tolibonning faollashgani kremlparast ekspertlar va Rossiya rasmiylariga Turkmaniston, Oʻzbekiston va Tojikistonni qoʻrqitish orqali Moskva bilan xavfsizlik sohasida yanada yaqinroq hamkorlik qilishga undash uchun bahona boʻlishi mumkin.

Fevral oyida AQSH va Tolibon oʻrtasida imzolangan kelishuvdan beri isyonchilar muhim shaharlarga yirik hujumlar uyushtirmadilar, lekin deyarli har kuni qishloq joylarida afgʻon kuchlari bilan janglar yuz berib turdi. Soʻnggi oylarda avj olgan zoʻravonliklar Tolibon va Afgʻoniston hukumati Qatar poytaxti Doxada tinchlik muzokaralari boshlagan paytga toʻgʻri keldi.

Aytilishicha, Rossiya rejimi Afgʻoniston tarafidan Turkmaniston va butun mintaqa uchun yuzaga kelayotgan xavf toʻgʻrisida yangi bayonotlar berishi kutilmoqda.

Bungacha Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari Aleksandr Venediktov 18-noyabr kuni MDHga aʼzo davlatlar xavfsizlik kengashlari kotiblarining yillik yigʻilishida Afgʻonistonning ehtimoliy tahdidini tilga olib oʻtgan edi.

Tolibon delegatsiyasi aʼzolari 12-sentabr kuni Qatar poytaxti Doxada Afgʻoniston hukumati va Tolibon oʻrtasidagi tinchlik muzokaralarining ochilishida ishtirok etmoqda. [Karim Jaʼfar / AFP]

Tolibon delegatsiyasi aʼzolari 12-sentabr kuni Qatar poytaxti Doxada Afgʻoniston hukumati va Tolibon oʻrtasidagi tinchlik muzokaralarining ochilishida ishtirok etmoqda. [Karim Jaʼfar / AFP]

Videoanjuman tarzida oʻtgan uchrashuvda delegatlar zamonaviy tahdidlarga qarshi kurash, Afgʻonistondagi vaziyat va uning Markaziy Osiyodagi xavfsizlikka taʼsirini muhokama qildilar.

Venediktov Turkmaniston va Afgʻoniston bilan chegaradosh boshqa davlatlar rahbarlarini Rossiya atrofida yanada jipsroq birlashish va xavfsizlik masalalarida Moskva bilan yaqindan hamkorlik qilishga undadi, deydi Turkmaniston davlat chegara xizmatining (GPS) sobiq kontrrazvedka zobiti Akmirat Xidirov (familiyasi oʻzgartirilgan).

“Venediktov vaziyatni shu qadar murakkab, xavfli va beqaror qilib taʼrifladiki, goʻyo Afgʻoniston bilan chegaradosh Markaziy Osiyo mamlakatlarining Rossiyaga umid qilishdan boshqa chorasi yoʻqdek”, deydi Xidirov.

Oʻz hamkasblariga yuzlanar ekan, Venediktov xususan, fevral oyidagi tinchlik bitimiga qaramay, Afgʻoniston boʻylab jangovar harakatlarning faollashgani, toliblar qoʻliga oʻtgan tumanlar soni oshib borayotgani va agar AQSH Afgʻonistonni tark etsa, Markaziy Osiyo xavfsizligiga tahdid kuchayishi haqida soʻzlagan.

Vahima qoʻzgʻash

Bu Kremlning qoʻrquvni kuchaytirishga qaratilgan soʻnggi urinishlaridan biri, deydi Xidirov. Rossiya rejimi Markaziy Osiyodagi taʼsirini mustahkamlash maqsadida Afgʻonistondagi holatga oid dahshatli hikoyalarni soʻzlab keladi.

“Toliblar 20 yildirki Afgʻoniston shimolidagi koʻplab hududlarni egallab kelmoqda, ularning boʻlinmalari Turkmaniston chegarasiga yaqin, ammo shu paytgacha chegarani buzish yoki bizning hududimizga kirishga hech qanday urinish boʻlmagan”, dedi u.

U soʻnggi oʻn yilliklar davomida Turkmaniston-Afgʻoniston chegarasida sodir boʻlgan barcha voqealarni tahlil qilib shunday xulosaga kelgan, garchi ayrim hodisalar turkmanistonlik chegarachilarning otib oʻldirilishi bilan yakunlangan boʻlsa ham.

“Avvallari va hozirda ham, chegaraning turli hududlarida kontrabandachilar va transmilliy jinoiy guruhlar bilan mahalliy toʻqnashuvlar yoki otishmalar sodir boʻlib turadi”, dedi u. “Ammo mutaxassis sifatida shuni aytamanki, bular chegara uchun odatiy holatlar. Shunga qaramay, Rossiya ommaviy axborot vositalari va ekspertlari bu voqealarni ekstremistik tashkilotlar jangarilarining hujumi sifatida tasvirlaydi”.

Kremlparast tahlilchilar dunyo hamjamiyatiga bu kabi hodisalarni turkmanlarning terrorizm tahdidi oldida kuchsizligi va zaifligi belgisi qilib koʻrsatib, ulardan Rossiyaning uzoq muddatli harbiy va siyosiy manfaatlarini ilgari surishda foydalanadilar.

Xidirov va boshqa turkman kuzatuvchilariga koʻra, Ashxobod Afgʻonistonning Turkmaniston bilan chegaradosh viloyatlarida nimalar sodir boʻlayotganidan xabardor.

“(Afgʻonistondagi) vaziyat beqaror ekanligi rost, ammo Rossiya rasmiylarining xavotirli bayonotlaridan farqli oʻlaroq, bu vaziyat Turkmaniston yoki boshqa Markaziy Osiyo davlatlari uchun hech qanday xavf tugʻdirmaydi”, dedi u. “Bu afgʻonlarning ichki nizolari va hammasining izohi bor”.

Afgʻoniston bilan chegaradosh viloyatlarda toliblar va hukumat kuchlari oʻrtasida toʻqnashuvlar kuchayar ekan, jinoyatchilik darajasi oʻsmoqda, dedi Xidirov Turkmaniston davlat chegara xizmatining razvedka maʼlumotlariga tayanib.

Tinchlik umidi

Afgʻonistondagi vaziyat ogʻir ekaniga qaramay, bu yerda yashovchi etnik turkmanlar va boshqa xalqlarning mamlakatda tinchlik oʻrnatilishidan umidi soʻngani yoʻq, dedi Xidirov.

“Sentabr oyida Qatarda tolibonlar va hukumat oʻrtasida boshlangan tinchlik muzokaralari hali kerakli natijaga erishmadi, ammo, izlagan imkon topadi, deyishadi”, dedi u.

Turkmaniston tomonlarga tinchlikka erishish yoʻlidagi qiyinchiliklarni bosib oʻtishda yordam berish va bundan oʻzi ham manfaatdor ekanligini namoyish qilish uchun oʻzaro manfaatli iqtisodiy loyihalar va gumanitar yordamga tayanib, siyosiy va diplomatik saʼy-harakatlarni ham amalga oshirmoqda.

Turkmaniston Davlat xavfsizlik kengashi kotibi Charimurat Amanov MDH davlatlari milliy xavfsizlik kengashlari kotiblarining 18-noyabr kungi anjumanida Turkmanistonning pozitsiyasini yana bir karra tasdiqladi.

“Betaraflik tamoyillariga asoslangan holda, Turkmaniston Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish yoʻlidagi muzokaralarning keyingi bosqichlari uchun oʻz siyosiy makonini taqdim etish tayyor”, dedi u.

“Ozodlik” radiosi turkman xizmatining Kobuldagi muxbiri Shamerdanguli Mirodining aytishicha, tinchlik muzokaralarini Doxadan Ashxobodga koʻchirish taklifi ham ilgari surilmoqda.

“Umuman olganda, faqat turkmanlar emas, balki Afgʻonistondagi boshqa xalqlar ham muzokaralarni Doxadan Ashxobodga koʻchirish istiqbolli ekaniga ishonadi”, dedi u.

Turkmaniston betaraf mamlakat, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatilishidan manfaatdor va chin koʻngildan afgʻon xalqiga yordam berishni istaydi. Bu butun mintaqaga foyda keltiradigan yirik energetik loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi, dedi Mirodi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 7

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Tolibonlar sizning diningiz haqida oʻylab oʻtiradi deb oʻylaysizmi?

Javob berish

25 yildan beri Tolibonlardan qoʻrqishimizga harakat qilib kelishdi. Ruslar bizni nasroniy deb biladi shekilli )))

Javob berish

Miyaning yaxudiylik bilan toʻliq kasallanishi boshqa millatlarga aniq narsani tushunishga halaqit beradi: bizning umumiy, ashaddiy dushmanimiz Sionizm imperiyasi boʻladi!

Javob berish

Rossiya politsiyasi va natsist prokurorlar qonunchilikda hech qanday huquqbuzarlik koʻrmayaptilar https://www.youtube.com/watch?v=0QPcV1KgXVA&t=1s Bitta fashist toʻdasi

Javob berish

Mana video https://www.youtube.com/watch?v=fXH0Jcsgub0&feature=emb_logo Markaziy Osiyoliklar, Rossiya sizni yana shunda zoʻrlashini xohlaysizmi?

Javob berish

“U buryatlarni oʻldirish kerak! deb baqirardi” Baykalortidagi Baygul qishlogʻini rus jinoiy toʻdasi qoʻrquvga solmoqda... Ular har qanday toliblardan yomonroq. Rossiya politsiyasi va natsist-prokurorlar bu yerda hech qanday qonunbuzarlik koʻrmaydi.

Javob berish

Bu Tolibonlardan bizni himoya qilishi uchun turk harbiy bazalariga ega boʻlishimiz kerak deganidir.

Javob berish