Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

AQSH Rossiyaning “dezinformatsion ekotizimidan” ogoh boʻlishga chaqirmoqda

Karvonsaroy

Oʻtgan yili Olmaotada tibbiyot xodimiga COVID-19 testi topshirayotgan erkak. [Ruslan PRYaNIKOV/AFP]

Oʻtgan yili Olmaotada tibbiyot xodimiga COVID-19 testi topshirayotgan erkak. [Ruslan PRYaNIKOV/AFP]

BISHKEK – AQSH hukumati Rossiyaning COVID-19 va boshqa mavzularga oid “dezinformatsion ekotizimini” fosh etish maqsadida Markaziy Osiyolik jurnalistlar va olimlar orasida ogohlikni kuchaytirmoqda, deyiladi Bishkekdagi AQSH elchixonasining chorshanba (23-iyun) kungi bayonotida.

Seshanba kuni AQSH Davlat departamentining Global hamjihatlik markazi (GEC) koordinatori vazifasini bajaruvchisi Daniyel Kimmej 20 dan ortiq qirgʻiz hamda boshqa Markaziy Osiyolik jurnalistlar va olimlar uchun onlayn forum oʻtkazdi.

GEC AQSH hukumatining xorijiy tashviqot va dezinformatsiyalarni aniqlash, anglash, fosh etish va ularga qarshi kurashishga oid saʼy-harakatlariga boshchilik qiladi.

Kimmej onlayn forum davomida “Rossiyaning dezinformatsiya va tashviqot ekotizimi ustunlari” nomli GECning maxsus hisobotini muhokama qilgan.

Unda Kreml dezinformatsiyasining “ustunlari” batafsil bayon etilgan: “rasmiy hukumat aloqalari, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan xalqaro xabarlar, proksi manbalarni tayyorlash, ijtimoiy tarmoqlarni qurollantirish va kiberfaol dezinformatsiya”.

Bu ustunlar “anʼanaviy va elektron ommaviy axborot vositalarida, jumladan ijtimoiy tarmoqlarda dezinformatsiya yaratib, uni targʻib qilish bilan shugʻullanadi”.

“Toʻliq inkor etiladigan” tashviqot

Hisobotda aytilishicha, dezinformatsion kampaniyalarining kelib chiqishini yashirish uchun Rossiya rejimi proksi-saytlardan foydalanadi.

GECning oʻtgan yil avgust oyidagi hisobotida “ekotizim asoslari orasidagi oraliq vazifani bajaradigan va Rossiya bilan aniq aloqalarga ega va butunlay rad etiladigan” bir nechta proksi-saytlar va tashkilotlar haqida soʻz yuritilgan.

“Gʻarbda uncha tanilmagan marginal mutafakkirlar va fitna nazariyotchilarini” targʻib qiluvchi va xorijiy sheriklik aloqalarini oʻrnatadigan Strategik madaniyat jamgʻarmasi onlayn nashri bunga misol boʻla oladi.

Koʻp sonli yollanma mualliflar va fitna nazariyachilariga ega “Global Research” veb-sayti ham shular jumlasidandir.

“Rossiya fanlar akademiyasi sharqshunoslik institutining “Novoye Vostochnoye Obozreniye” nomli soxta ilmiy nashri asosan Yaqin Sharq, Osiyo va Afrikada dezinformatsiya va tashviqot ishlarini olib boradi.”

Qrimda joylashgan va Kremlga aloqador “News Front” dezinformatsiya va tashviqot kanali oʻzining taʼbiri bilan aytganda, Gʻarb auditoriyasi uchun “muqobil axborot manbai” boʻlishni maqsad qilgan.

Rossiyada roʻyxatdan oʻtgan SouthFront nomi bilan ham tanilgan “Analysis and Intelligence” koʻp tilli onlayn dezinformatsiya sayti harbiy va xavfsizlikka oid masalalarini yoritadi.

Katehoz nomli Moskvaning soxta tahliliy markazi oʻz veb-sayti orqali Gʻarbga qarshi qaratilgan zararli dezinformatsiya va tashviqotni ilgari suradi, besh tilda faoliyat olib boradi va Rossiya hukumati hamda Rossiya razvedkasiga aniq aloqador shaxslar tomonidan boshqariladi.

Shuningdek, Rossiyaning Geopolitica.ru nomli ultra millatchi platformasi ham Gʻarb va boshqa auditoriyaga qaratilgan dezinformatsiya va tashviqotni yoyinlaydi.

COVID-19 dezinformatsiyasiga qarshi kurash

Davlat dezinformatsiya va tashviqot kampaniyalari, ayniqsa COVID-19ga kurashda salbiy taʼsirga ega, deb aytgan Kimmej seshanba kuni.

2020-yil fevral oyida GEC Rossiya, Xitoy va Eronning COVID-19 mavzusidagi dezinformatsion narrativlari bir-biriga mos kelgani va uchchovi ham bir xil soxta daʼvolarni ilgari surganini qayd etgan edi.

COVID-19 vaksinalari Rossiya dezinformatsiyasi va tashviqot kampaniyalarining asosiy nishonlaridan biri, deydi u.

“GEC Rossiyaning ikkita alohida, ammo kuchayib boruvchi yondashuvini kuzatgan: geosiyosiy yutuqqa erishish maqsadida Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasiga eʼtiborni qaratish bilan birga Gʻarb vaksinasi haqida soxta xabarlar tarqatish”, deydi Kimmej. “Achinarlisi shundaki, Rossiya dezinformatsiyasi nafaqat Gʻarbda ishlab chiqarilgan, balki barcha vaksinalarga nisbatan ishonchga putur yetkazadi.”

Kimmeydj senzuraga tayanmagan holda dezinformatsiyaga qarshi samarali chora koʻrish zarurligini taʼkidladi.

“Jurnalistik tekshiruv, fakt-cheking, mediasavodxonlik va raqamli kriminalistika kabi yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv dasturlari dezinformatsiyaga qarshi kurashda yordam berishi oʻz isbotini topgan”, deydi u.

“Fikrlarni erkin muhokama qilish va erkin matbuot – bulardan ham muhimroq.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyaga katta jarimalar solish kerak

Javob berish

Rossiya faqat zarar keltiradi. Xaritadagi keraksiz mamlakat.

Javob berish

Sputnik axborot agentligi ham Rossiyaning shunday tashviqot vositasi

Javob berish