Karvonsaroy
Terrorizm

Oʻzbekistonda ekstremizmga qarshi kurash fonida tahlilchilar diniy savodsizlikka eʼtibor qaratmoqdalar

Rustam Temirov

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkentda marsh oʻtkazayotgan Oʻzbekiston aksilterror kuchlari. [Yuriy Korsuntsev]

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkentda marsh oʻtkazayotgan Oʻzbekiston aksilterror kuchlari. [Yuriy Korsuntsev]

TOSHKENT – Oʻzbekistonda yil boshidan beri ekstremizm bilan bogʻliq hibslar va sud jarayonlari toʻlqini kuzatildi.

Oʻzbekistonning uch viloyati – Andijon, Surxondaryo va Qashqadaryoda “Tavhid va Jihod katibasi” (TJK) terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumon qilinib , jami 30 nafar fuqaro ushlangan va Toshkentda hibs qilingan.

“Tergovga qadar olib borilgan tekshiruv harakatlari natijasida ular Suriyada jang qilayotgan jangarilar safiga qoʻshilish uchun xorijga chiqishni rejalagani aniqlandi”, deyiladi 26-yanvar kuni Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining Telegram kanalida.

Oʻzbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari TJKni Suriyada faoliyat yuritayotgan eng xavfli terrorchi guruhlardan biri deb biladi. Guruh nomi “Tavhid (yakkaxudolik) va jihod” degan maʼnoni anglatadi.

2020-yil 26-fevral kuni Toshkent tumanida terrorchi tashkilotlarga aloqadorlikda gumon qilingan shaxslar qoʻlga olingan. [Oʻzbekiston IIV]

2020-yil 26-fevral kuni Toshkent tumanida terrorchi tashkilotlarga aloqadorlikda gumon qilingan shaxslar qoʻlga olingan. [Oʻzbekiston IIV]

11-noyabr kuni Sirdaryo viloyatida huquq-tartibot idoralari tomonidan terrorchilikda gumon qilingan shaxslar qoʻlga olinib, noqonuniy adabiyotlar musodara qilingan. [Oʻzbekiston IIV]

11-noyabr kuni Sirdaryo viloyatida huquq-tartibot idoralari tomonidan terrorchilikda gumon qilingan shaxslar qoʻlga olinib, noqonuniy adabiyotlar musodara qilingan. [Oʻzbekiston IIV]

Oʻshlik diniy mutaxassis Iqboljon Mirsaitovga koʻra, TJK asosan Qirgʻiziston, Oʻzbekiston va Qozogʻiston fuqarolaridan tarkib topgan.

“Suriyadagi ushbu jangovar boʻlinma mamlakatning muntazam armiyasiga qarshi jang qilib keladi. Guruh Suriyada hozir ham faol”, deb qoʻshimcha qildi u boʻlinmaga oʻshliklar (Qirgʻiziston) asos solganini taʼkidlab.

TJK yetakchilari ijtimoiy tarmoqlar orqali Oʻzbekiston fuqarolarini oʻz safiga jalb qilmoqda, dedi u.

TJK aʼzolari deb gumon qilinganlarning hibsga olinishi aksilterror yoʻnalishdagi hodisalaridan biri, xolos.

24-yanvar kuni Termiz shahar sudi ekstremistik tashkilotlarga aʼzolik va internet orqali jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan materiallarni tarqatishda ayblangan ikki erkakni 15 va 15 yarim yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

“Bu shaxslar Termiz shahridagi masjidlar yonida “jihod” va “hijrat” gʻoyalarini targʻib qilib, Suriya va Falastindagi qurolli toʻqnashuvlarda qatnashishni rejalagan”, deb yozadi Uza.uz sayti.

Asli termizlik bu ikki sudlanuvchi oʻtgan yilning iyun oyida hibsga olingan edi.

Avvalroq, 16 yanvar kuni Andijon huquq-tartibot idoralari 2016-yilda Oʻzbekistonda faoliyati taqiqlangan Hizb ut-Tahrir tashkilotiga aʼzolikda gumon qilingan 12 ayolni hibsga olgan edi.

Huquq-tartibot organlarining iddaosiga koʻra, gumonlanuvchilar uylarida uchrashib, ijtimoiy tarmoqlar orqali radikal gʻoyalarni targʻib qilganlar.

Aldov toʻri

18-yanvar kuni Toshkent sudi Suriyadagi jangarilar safiga qoʻshilishni rejalagan kollej talabasi va ikkita oʻrta maktab oʻquvchisini besh yarim yildan olti yilgacha qamoq jazosiga hukm qilgan.

Bu haqdagi videolavha “Sevimli” telekanalida efirga uzatilgan.

21 yashar talaba Toshkentdagi oliygohlardan birida tahsil olgan. Qolgan ikkisi Fargʻona vodiysi Namangan viloyatidagi maktab oʻquvchilari boʻlgan.

Ularning uchovi ham oʻz Telegram kanalini ochib, yoshlarni “chin islom” yoʻlida jang qilayotgan mujohidlarga yordam berish uchun Suriyaga borishga chaqirganlar.

Shuningdek, ular Suriyaga Turkiya orqali borish yoʻlini, jumladan, aviachipta narxlarini batafsil tushuntirganlar. Har bir Telegram kanalining 300 ga yaqin obunachisi boʻlgan.

“Men bu odamlarning aldov toʻriga ilindim. Ular [yollovchilar] ayollarga yordam zarurligini, u yerda [Suriyada] ularni qutqarish kerakligini aytishdi. Ularning Telegram kanallari boʻlib, u yerda oʻz xabarlarini joylaydilar”, deydi yoshlardan biri “Sevimli” telekanali lavhasida.

2015-2021 yillarda xalqaro terrorchilik tashkilotlarining yollovchilari 27 ming oʻzbekistonlik fuqaro bilan “ish olib borgan”. Bu vaqt ichida jami 2000 dan sal koʻproq Oʻzbekiston fuqarosi yollangan, deydi Mintaqaviy tahdidlarni oʻrganish markazi (MTOʻM) direktori, toshkentlik Viktor Mixaylov.

Asosan 19 dan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar bunday yollovchilarning qurbonlariga aylanadi, deydi u.

“Yoshlarni radikallashtirish osonroq. Koʻpchilikning yoʻqotadigan hech narsasi yoʻq”, deb aytgan Mixaylov yanvar oyida MTOʻM saytida chop etilgan Podrobno.uz saytiga bergan intervyusida.

“Yoshlarning muammolari juda koʻp. Ular adolatsizlik va korrupsiyaga nisbatan toqatsizroq. Hatto qarama-qarshi jins vakillari bilan omadsiz munosabatlar ham hijrat qilish uchun sabab boʻlishi mumkin”, deb qoʻshimcha qildi u.

Yollanganlarning atigi 10 foizi haqiqiy jangari va odam oʻldirishga qodir, 15 foizi esa fanatizm taʼsiriga tushganlar. Qolgan 75 foizi – Mixaylovning taxminicha – shu yoʻl bilan musulmon birodarlariga yordam berishni istagan hamdard insonlar.

Internet, ijtimoiy tarmoqlar va xabar almashish ilovalari bugungi kunda yoshlar oʻrtasida ekstremistik gʻoyalarni tarqatishda asosiy vositalarga aylangan, deydi u.

Yana bir xavf guruhi – oʻz uyidan uzoqda yashab, begona yurtda adolatsizlik va korruptsiyaga duch kelgan mehnat migrantlari.

Mixaylovning soʻzlariga koʻra, yollash markazlari (jamoatlar) nafaqat Rossiyada, balki oʻzbekistonlik mehnat migrantlari boradigan asosiy mamlakatlar – Ukraina va Janubiy Koreyada ham mavjud.

Qoniqarsiz taʼlim

Turkiyada istiqomat qiluvchi oʻzbekistonlik jurnalist Dildora Toʻlaganovaga koʻra, yoshlarning ekstremistlar taʼsiriga oson tushib qolishining asosiy sababi ulardagi bilim darajasining pastligidir.

Toʻlaganova davlat maktablaridagi cust va sifatsiz taʼlim, koʻplab oʻzbek yoshlarining qurbi yetmaydigan qimmat oliy taʼlim, diniy bilimlar, xususan, Islom borasidagi vakuum va beqaror iqtisodiy vaziyatni tilga oldi.

Davlat taʼlim tizimini kuchaytirmas ekan, hijrat deb ataladigan jarayon doimiy boʻlib qolaveradi. Biz birlashgan Arab Amirliklari kabi rivojlangan musulmon davlatlari fuqarolari nega... terrorchi boʻlib qolmayotganiga ajablanmaymiz-ku?” deydi u.

“Chunki u yerda bolalikdan dinni oʻrgatishadi. Tushuntirishadi. Maktablarda diniy taʼlim bor”, deydi Toʻlaganova.

Toshkentlik siyosatshunos Farhod Mirzaboyevning fikricha, ishsizlik va diniy savodsizlik Oʻzbekiston fuqarolarining Yaqin Sharqdagi qaynoq nuqtalarga ketishiga asosiy sababdir.

“Adolatsizliklar koʻp. Ular jamiyatda oʻz oʻrinlarini topa olmayaptilar. “Porloq kelajakka” ishonmaydilar”, deydi u.

“Davlat juda koʻp ishlar qilayotganga oʻxshaydi, amaldorlar yoshlar muammolari bilan shugʻullanmoqda, ammo baribir muammolar kamaymayapti”, deb qoʻshimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Gʻarb Ukrainaga qoʻl granatalari, raketa tizimlari va ruslarni yoʻq qilish uchun boshqa samarali vositalarni yetkazib berishni boshladi. DXRning ichi ketib qoldi.

Javob berish

Rossiyada supermarketlardagi muddati oʻtgan oziq-ovqat mahsulotlari tashlanadigan axlat qutilari joylashuvi koʻrsatilgan xaritalar paydo boʻldi. Buni eshitgan afrikaliklar qashshoq Rossiyaga gumanitar yordam joʻnata boshladilar.

Javob berish

Yogʻoch miltiqlar yasash yoʻlida vayron qilinadigan oʻrmonlarni saqlab qolish uchun ham Ukrainaga hujum qilish kerak.

Javob berish

AQSH va NATO Ukrainani qurol bilan taʼminlay boshlagach, Rossiyaning urushgisi kelmay qoldi. Rossiyaning oʻynoqi jasoratidan bir zumda asar ham qolmadi.

Javob berish

Siz hali Rossiyaning uquvsizligini koʻrganingiz yoʻq.

Javob berish