Karvonsaroy
Xavfsizlik

Minglab xorijlik koʻngillilar Rossiyaga qarshi janglarda Ukraina kuchlari safiga qoʻshilmoqda

Metyu Rattman va AFP

Ukrainalik harbiy xizmatchi rossiyaliklarni nishonga olmoqda, Kiyev sharqidagi Brovari shahri, 9-mart. [Aris Mesinis/AFP]

Ukrainalik harbiy xizmatchi rossiyaliklarni nishonga olmoqda, Kiyev sharqidagi Brovari shahri, 9-mart. [Aris Mesinis/AFP]

KIYEV – Minglab xalqaro koʻngillilar bosqinchi Rossiya qurolli kuchlariga qarshi kurashish uchun Ukrainaga yetib borishdi. Bu esa Kremlning harakatlariga nisbatan norozilik global miqyosda ekanligini anglatadi.

“Hozirda ularning soni 20 mingga yaqin. Ular asosan Yevropa davlatlaridan kelishmoqda”, deb aytgan tashqi ishlar vaziri Dimitriy Kuleba AQSHning CNN telekanaliga yakshanba (6-mart) kuni.

“Dunyoda koʻpchilik Rossiyadan va soʻnggi yillarda u qilayotgan ishlardan nafratlanadi, ammo hech kim unga ochiqdan-ochiq qarshilik qilmagan va kurashmagan”, deydi u.

“Odamlar ukrainaliklar kurashayotganini, ular taslim boʻlmayotganini koʻrgach, bu koʻpchilikni jangga qoʻshilishga va Rossiyani bosqini uchun javobgarlikka tortishga undadi”, deb aytdi u.

24-fevralda olingan suratda Kiyev shimoli-gʻarbidagi Gostomel shahri va Antonov aeroporti yaqinida osmonga koʻtarilayotgan tutun koʻrinmoqda. [Deniyel Lil/AFP]

24-fevralda olingan suratda Kiyev shimoli-gʻarbidagi Gostomel shahri va Antonov aeroporti yaqinida osmonga koʻtarilayotgan tutun koʻrinmoqda. [Deniyel Lil/AFP]

Kanadalik sobiq piyoda askar Xanter Frensis Polshaning Varshava shahrida, 7-mart. [Anna Mariya Yakubek/AFP]

Kanadalik sobiq piyoda askar Xanter Frensis Polshaning Varshava shahrida, 7-mart. [Anna Mariya Yakubek/AFP]

Umumiy dushman

Ikki haftaga yaqin urush davomida 2000 dan 4000 gacha rossiyalik askar oʻldirilgan, deb xabar bergan AQSH mudofaa vazirligi seshanba kuni.

2-mart kuni Rossiya 498 kishi halok boʻlganini rasman tan oldi.

Bosqin boshlangan 24-fevral kuni kuchli toʻqnashuv boʻlgan Kiyev chekkasidagi Gostomel shahri jangida xorijliklar ham ishtirok etgan.

26-fevral kuni shahar yaqinida Ukraina mudofaasi chechen maxsus kuchlari karavonini yoʻq qilgan.

“Gostomelda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga suiqasd uyushtirishni rejalagan chechenlarning elita boʻlinmasi yoʻq qilindi”, deb xabar bergan Ukraina millik mudofaa va xavfsizlik kengashi raisi Aleksey Danilov 2-mart kuni Watch 24 telekanalida.

Ukraina razvedkasi suiqasd haqida bosqinga qarshi boʻlgan Rossiya federal xavfsizlik xizmati (FSB) xodimlaridan maʼlumotni qoʻlga kiritgan, deb qoʻshimcha qilgan u.

Gostomel mudofaachilari orasida Ukraina huquq-tartibot idoralarining gruzin millatiga mansub xodimlari bor.

“Umuman olganda, biz gruzinlar uchun bu urush yangilik emas”, deb aytgan 2014-yildagi Qrim inqirozi vaqtida Ukraina uchun kurashgan Vano Nadiradze. “Biz avval ham xuddi shunday vaziyatda boʻlganmiz.”

Soʻnggi sakkiz yil davomida Ukraina xavfsizlik xizmatlari xodimi boʻlgan Nadiradze uchun bu 2008-yilda Gruziyada boʻlgan holatga oʻxshaydi – Rossiyaning navbatdagi bosqini.

“Gruziya va Ukrainaning dushmani bir va albatta u Rossiya”, deb aytgan u. “Rossiya prezidenti Vladimir Putin nafaqat oʻzining yaqin qoʻshnisi, balki butun Gʻarb dunyosi bilan urushayotgani aniq boʻldi.”

Putin Gʻarb demokratiyasi qadriyatlariga qarshilik qiladi, deb qoʻshimcha qilgan Nadiradze. “U oʻziga qul boʻlishdan bosh tortayotgan hammaga dushman, ammo Ukrainaga bostirib kirishi xato boʻldi.”

“Ukrainaga bosqin ular uchun bamisoli doʻzaxga aylanishi haqida avvaldan ogohlantirganmiz, ammo ular bizga ishonmagan koʻrinadi.”

“Hujumning ayni vaqtdagi koʻlami faqat boshlanishi ekanini tushunamiz, biroq biz hammasiga tayyormiz. Bu boshlanishi boʻlsa, endi qiziyapmiz demak”, deb aytgan u.

Kelganlarida biz vaʼda qilgan “doʻzax”ni koʻrishadi.”

“Xalqaro legion”

Oʻtgan oy hujum boshlanganida Zelenskiy rossiyaliklarga qarshi ukrainaliklar bilar bir safda kurashadigan “xalqaro legion” yaratish uchun xorijliklarni ochiqdan-ochiq taklif qilgan.

Koʻngillilar oʻz mamlakatlaridagi Ukraina elchixonalarida ariza topshirishlari mumkin edi.

Ular orasida kanadalik sobiq piyoda askar Xanter Frensis ham bor.

“Bunga qaror qilish ham kerak emas edi. Bu qilish zarur boʻlgan vazifa edi. Bu toʻgʻri ish”, deb aytgan Yangi Brunsvikdagi Eel Ground First rezervatsiyasidan boʻlgan 24 yashar yigit.

Bunday boʻlishi mumkin emas. 21-asrda bir mamlakat toʻliq bosib olinmasligi kerak”, deb aytgan u AFP nashriga.

Oʻq oʻtkazmaydigan nimcha, quloqchinlar va omon qolish toʻplami kabi zarur narsalar bilan ryukzagini toʻldirgan Frensis Varshavaga 6000 km masofaga uchib borgan.

Polsha poytaxtida maktabdagi doʻstidan yordam olgan. U Frensis uchun mehmonxonada joy olgan va Ukraina chegarasiga boʻlgan yoʻlning bir qismigacha yetkazib qoʻygan.

U yerda Frensis Lvov va Kiyevga ketishdan avval gumanitar koʻmak markazida yordamchi boʻlishni rejalashtirmoqda.

Chegarani kesib oʻtganidan keyin unga Ukraina tasmasi va qurol-yarogʻ beriladi.

Uning chegaradan oʻtishini Polsha va boshqa mamlakatlardan kelayotgan oʻnlab xorijiy jangchilarga yordam bergan polshalik oʻq otish boʻyicha yoʻriqchi Yan Plevka muvofiqlashtiradi.

“Men jang qilish boʻyicha tajribaga ega emasman, ammo koʻp mashq qilganman”, deb aytgan Frensis. “Shundan foydalana olaman, degan umiddaman.”

“Ularga koʻp odam kelib qoʻshilyapti. Ularga koʻp qurol olib kelishyapti. Ular biz keltirgan toʻplamlarga ega boʻlishyapti. Men tarqatishim mumkin boʻlgan bir talay dori-darmonlar bor”, deb aytgan u.

“Bu yerda boʻlishning oʻzi bilan ularga maʼnaviy koʻmak beramiz.”

Britaniyalik deputatning oʻgʻli

Britaniyalik bir guruh sobiq xizmatchilar, jumladan deputatning oʻgʻli ham rossiyaliklarga qarshi jang qilish niyatida Ukrainaga yetib kelgan.

Besh yil davomida Qirollikning dengiz desantchisi sifatida xizmat qilgan 30 yashar Ben Grant dam olish kunlari Ukrainaga yetib kelgan yetti nafar britaniyalik sobiq askarlar safida bor edi, deb xabar beradi Guardian nashri.

Uning onasi Xelen Grant konservativ deputat, sobiq vazir, shuningdek bosh vazir Boris Jonsonning qizlar taʼlimi boʻyicha maxsus vakili.

Bent Grant uch nafar farzand otasi. Uning soʻzlariga koʻra, Iroqda xavfsizlik sohasida xususiy pudratchi sifatida xizmat qilib qaytgach, ketish oldidan onasini xabardor qilmagan.

Lvov temir yoʻllari bekatida Kiyevga ketayotgan poyezdga chiqishdan avval Guardian nashriga bergan intervyusida u televizorda Ukrainada bomba tushgan uyni koʻrgani va fonda baqirayotgan bola ovozini eshitganidan keyin ketishga ahd qilganini aytadi.

“Jami 100 kishi kelyapti, ular hammasi bu yerga yetib kelganida juda yaxshi boʻladi, ular turli sohalardan, ayrimlari juda yaxshi mutaxassislar”, deb aytgan Grant.

Fuqarolik koʻngillilari faollashmoqda

Ukrainaning muntazam qurolli kuchlariga mintaqaviy mudofaa kuchlari vakillari ham koʻmaklashmoqda, ularning koʻpchiligi 2014-yilda koʻngillilar qurolli kuchlari guruhlari safida Ukraina sharqidagi rossiyaparast ayirmachilarga qarshi jang qilgan.

“Dushman taktikasi 2014-2015-yillardagi urushdan beri oʻzgarmagan. Yagona farq biz endi “kichkina yashil odamchalarga” qarshi kurashmayapmiz”, deb aytgan 45 yashar koʻngilli Nazar Zoltar, nizoda ayirmachilar sifatida harakat qilgan rossiyalik maxsus kuchlar vakillarini nazarda tutib.

Hozir ular ochiqdan-ochiq rossiyaliklarmiz deyishadi, deb aytgan u.

Zoltarga koʻra, Ukrainada esa koʻp narsa oʻzgargan.

“Armiyamiz ancha ilgʻor va professional tayyorgarlikka ega”, deb aytgan u. “Biz koʻngillilarda ham maqsad bir. Vatanimizni himoya qilyapmiz. Boradigan boshqa yerimiz yoʻq. Uyimizga kelib buyruq berishlariga yoʻl qoʻymaymiz.”

Koʻngilli shifokor, 28 yashar Nataliya Lobaga koʻra, u nizoda ishtirok etishni rejalashtirmagan.

Ammo uning qadrdon Gostomel shahri bombardimon qilinganidan keyin, fikridan qaytgan.

“Bu urushda ishtirok etishga majbur boʻldim”, deb aytgan u. “Urush kimga ham yoqardi? Kimgayam kerak u?”

“Ammo oʻzlari natsistlardek harakat qilib, seni natsist deb ataganidan keyin hech nima qilmay turishning iloji qolmaydi”, deb aytgan Loba. “Toʻliq tibbiy taʼlim olmaganman, ammo birinchi yordamni koʻrsata olaman. Hozir shu bilan shugʻullanyapman.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Vatniklarni [ruslar] qirishga tayyor boʻlganlar koʻp

Javob berish