Karvonsaroy
Siyosat

Ukrainadagi voqealar fonida AQSH delegatsiyasining Markaziy Osiyoga tashrifi Kremlning gʻazabini qoʻzgʻadi

Rustam Temirov

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarayotgan Vladimir Norov 24-may kuni Toshkentda AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi Donald Lu bilan qoʻl siqishmoqda. [Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi]

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajarayotgan Vladimir Norov 24-may kuni Toshkentda AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha yordamchisi Donald Lu bilan qoʻl siqishmoqda. [Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi]

TOSHKENT – Oʻtgan hafta AQSH delegatsiyasining bir qator Markaziy Osiyo davlatlariga besh kunlik tashrifi Kreml va uning tashviqot vositalarini gʻazablantirgan, deydi tahlilchilar.

AQSH Davlat kotibi yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya 23-27-may kunlari Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Qozogʻistonda boʻldi.

Luga bir qator diplomatik, xavfsizlik va moliya sohasi mulozimlari hamrohlik qilganlar.

Delegatsiya xalqaro sanksiyalarning Rossiyaga taʼsiri, iqtisodiy hamkorlik, mintaqaviy va chegara xavfsizligi kabi mavzularni muhokama qildi.

AQSH delegatlari 24-may kuni Toshkentdagi “Toshkent gullari” gul maktabida tadbirkor ayollar bilan uchrashdilar. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

AQSH delegatlari 24-may kuni Toshkentdagi “Toshkent gullari” gul maktabida tadbirkor ayollar bilan uchrashdilar. [AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi]

Muzokaralarda davlatlarning C5+1 platformasi doirasida infratuzilma, energetika, transport, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash kabi sohalardagi hamkorligining ahamiyati alohida taʼkidlandi.

AQSH Davlat departamentiga koʻra, “C5+1 Markaziy Osiyoning besh davlati va Qoʻshma Shtatlarni oʻzaro manfaatli masalalarni muhokama qilish va ular ishlash uchun birlashtiradigan platformadir”.

Tashrif doirasida Lu Toshkentda AQSH koʻmagida tashkil etilgan xotin-qizlar uchun oʻz-oʻzini himoya qilish mashgʻulotlarida boʻldi.

Shuningdek, u Tojikistonning Vahdat shahrida AQSH homiyligida tashkil etilgan afgʻon qochqinlari markaziga tashrif buyurdi.

“Men diplomat sifatida dunyoda doim tinchlik hukm surishi tarafdoriman. Men uchun tinchlik nafaqat urush va qurolli toʻqnashuvlarning yoʻqligi, balki barcha xalqlarning erkin, sogʻlom va xavfsiz hayot kechirishidir”, dedi Lu 24-may kuni Toshkentda AQSH elchixonasi xabariga koʻra.

“Savdolashuv muhiti”

Kreml va uning tashviqot vositalari Luning tashrifini salbiy baholagan, zero, Markaziy Osiyo davlatlari Moskvaning Ukrainaga bosqini tufayli Rossiya tarafini olishdan bosh tortmoqda.

Qoʻshma Shtatlar Rossiya bilan qarama-qarshilikda Markaziy Osiyo davlatlarini oʻz tarafiga ogʻdirish niyatida emas, deydi MDH mamlakatlari institutining Markaziy Osiyo va Qozogʻiston departamenti rahbari Andrey Grozin 23-may kuni Gazeta.ru nashriga.

Buning oʻrniga “ular shunchaki tomonlarni tafriqaga solib, [Vashington nazarida] Rossiya, Markaziy Osiyo respublikalari va Xitoy oʻrtasida ishonchsizlik ruhini keltirib chiqarishi kerak boʻlgan savdolashuv muhitini yaratmoqchi”, dedi Grozin.

Rossiya davlat Dumasining MDH ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Konstantin Zatulin ham Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiya oldidagi majburiyatlari “neytral” ekaniga ishora qilgan.

“Bugungi Markaziy Osiyo davlatlarining tashkil topganiga 30 yildan oshgan, ularga kap-katta odamlar rahbarlik qiladi, ular bir chetda turishni istasalar ham, barcha aloqalarimiz va oʻzaro majburiyatlarimizni hisobga olgan holda, bunday qila olmasliklarini yaxshi tushunishlari kerak”, dedi Zatulin 23-may kuni Gazeta.ru nashriga.

Agar Markaziy Osiyo davlatlari Rossiyadan uzoqlashishga qaror qilsalar, Moskva ham muayyan majburiyatlardan voz kechishi mumkin, deb ogohlantirdi Zatulin.

“Biz yaqin-yaqingacha oʻz majburiyatlarimizni bajarib kelganmiz. Afgʻonistondan ehtimoliy tahdidlar masalasimi, Qozogʻistondagi tartibsizliklarmi – har doim javob choralarini koʻrganmiz”.

“Boshqa tomondan, MDH davlatlari raqiblarimiz bilan aloqada boʻlsa ham, ularni qoʻpol ravishda jilovlashning hojati yoʻq. Muhimi, bu munosabatlar bizga zarar keltirmasin”, dedi u.

“Bu masalada oramizda kelishuv boʻlishi lozim”, dedi u.

Rossiya norozi

Rossiya amerikalik siyosatchilarning bunday safarlarini xush koʻrmaydi, deydi bishkeklik jurnalist Odil Turdiqulov.

“Donald Luning tashrifi ham Kremlni gʻazabga solgan. Bu matbuotda achchiq bayonotlar chiqarish uchun yana bir sabab. Bularning bari Kremlning koʻrsatmasi bilan qilinayotgani aniq”, dedi u.

“Bu ekspertlarning shunchaki shaxsiy pozitsiyasi emas. Ular Kreml aytolmaydigan narsani diplomatik tilda bildirmoqda”, deydi Turdiqulov.

“Central Asia Due Diligence” markazi rahbari, toshkentlik Alisher Ilhomovga koʻra, Kreml Markaziy Osiyo davlatlarining Gʻarb va ayniqsa, AQSH bilan yaqinlashuviga avvaldan juda ogʻriqli munosabatda boʻlib kelgan.

Ayniqsa, harbiy va strategik hamkorlikka munosabat oʻta negativ, dedi u.

“Moskva Manasdagi AQSH aviabazasini yopish uchun Qirgʻiziston hukumatiga bosim oʻtkazganini eslaylik”, deb aytgan Ilhomov 2014-yilda Qirgʻizistonning Afgʻonistonga askarlar oʻtkazish uchun foydalanilgan AQSH havo bazasini yopganini nazarda tutib.

“Bu bosqichda Rossiya rahbariyati Markaziy Osiyo davlatlarining Ukrainadagi urush masalasida betaraf pozitsiyani tanlaganidan norozi. Shuning uchun ular “harbiy operatsiyada” bevosita ishtirok etishdan bosh tortishgan”, deb aytgan Ilhomov.

Mart oyida parlamentda Oʻzbekiston Ukrainaning hududiy suverenitetini qoʻllab-quvvatlashini va “Donetsk xalq respublikasi” (DXR) yoki “Lugansk xalq respublikasini” (LXR) tan olmasligini aytgan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdullaziz Komilov Kreml bosimi tufayli aprel oyida oʻz vazifasidan ozod etilgan, dedi u.

“Xususan, shu (may) oyda Moskva Markaziy Osiyo davlatlaridan harbiy qurilmalar va oʻq-dorilar sotib olishga harakat qilib, Ukrainaga nisbatan tajovuzi sababli Rossiyaga qarshi qoʻllanilgan Gʻarb sanksiyalarini chetlab oʻtish uchun bu mamlakatlar hududlaridan foydalanmoqda”, deb qoʻshimcha qilgan Ilhomov.

Bu maqsad “iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish” bahonasida olib borilayotgan boʻlsa-da, Moskva oʻz mudofaasi uchun zarur boʻlgan yuqori texnologik mahsulotlarni sotib olishi va iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatlashi uchun mintaqadagi davlatlarda biznes-tuzilmalar tashkil etilmoqda, deb aytgan Ilhomov.

“Bu mintaqadagi hukmron elita uchun qiziqish tugʻdiribgina qolmay, Gʻarbning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan ikkilamchi sanksiyalar qoʻllashi xavfini ham paydo qiladi”, deb aytgan u.

“AQSH davlat kotibi yordamchisining tashrifidan maqsad – bu mamlakatlar hukumatlarini Rossiya bilan bu kabi maxfiy kelishuvlar va Rossiyaga yashirin tarzda harbiy qurilmalar va oʻq-dorilar yetkazib berilishiga yoʻl qoʻyilmaslik haqida ogohlantirish boʻlishi mumkin”, deb taʼkidlagan u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 12

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

“Moskva Qirgʻiziston hukumatiga qanday bosim oʻtkazganini eslaylik...” Qirgʻizistonga shunchalik bosim oʻtkazishdiki, mamlakat hali ham oʻziga kela olmay, rivojlana olmayapti.

Javob berish

Afsuski, Oʻzbekiston – bu boshlanishi xolos. Ambitsiyalar va Osiyo mintaqasidagi qoʻshni davlatlarni qoʻrqitish toʻxtamasa kerak, bu jarayon boshlanib boʻldi. Biroq, bir jihat bor: ularda yetarlicha kuch yoʻq, sanksiyalar kuchayib bormoqda, qoʻllab-quvvatlash esa kamaymoqda va Xitoy borgan sari hamkor boʻlishdan bosh tortmoqda. Koʻramiz oxiri nima boʻlarkin. Umid qilamizki, yadro qishi kelmaydi, shunda hammasi yaxshi boʻladi.

Javob berish

Nega Rossiya Oʻzbekiston vazirini ishlab olib tashlashi mumkin?

Javob berish

Chunki bu mamlakat hech kim chaqirmasa ham, doim qandaydir siyosiy harakatlarga burnini suqib yuradi.

Javob berish

Rossiyaga yashirin tarzda harbiy qurilmalar va oʻq-dorilar yetkazib berilishiga yoʻl qoʻymaslik – Bu komissiya va yordamchilar tashrifining asosiy sababi shu boʻlsa kerak; Rossiya shuncha qurol-yarogʻni qayerdan olgani qiziq; oʻzi ularni ishlab chiqarmasa, eski zaxiralar esa tugab borayotgan boʻlsa va bu zaxiralarning sifati haminqadar ekani aniq boʻlsa.

Javob berish

Rossiya norozi; Rossiya qachondir rozi boʻlganmi oʻzi? Pff

Javob berish

Rossiya faqat vayronagarchiliklar, zoʻravonlik, talonchilik, qotilliklar va qashshoqlik bilan “rus dunyosi” kelsagina mamnun boʻladi. Uning tashviqotchilari oʻzlarining boshqalardan ustun ekanligini uqtirganida ham!

Javob berish

Buning oqibatlari allaqachon boshlangan – yuklarni tashish uchun Rossiyani chetlab oʻtuvchi yangi yoʻllar. Va bu toʻgʻri; bunday tashriflar koʻproq boʻlishi kerak, chunki agar barcha davlatlar Rossiya orqali tranzit va yuk tashishni toʻsib qoʻyishini hisobga olsak, u eng manfaatsiz hamkorlardan biriga aylanadi.

Javob berish

Eng muhimi, bu rishtalar bizga hech qanday ziyon keltirmasligi kerak - qoʻysangizchi, hech kimning ishi yoʻq, rishtalar sizga zarar bermasa boʻldi.

Javob berish

Rossiya Osiyo davlatlarining barcha resurslarini oʻzlashtirib olishga shunchalik harakat qilmoqdaki, hatto Zatulinning gʻalati iboralari kabi yashirin tahdidlar ham qila boshladi. “Ular bilan doʻstlashma. Aks holda biz sen bilan doʻst boʻlmaymiz” deganga oʻxshash bolalar bogʻchasini eslatmoqda. Aftidan, ular oʻz majburiyatlaridan voz kechmaslikka sabr qilolmay, “yaqingacha biz har doim oʻz majburiyatlarimizni bajarib kelganmiz” kabi iboralarni ishlata boshladilar.

Javob berish

Rossiya oʻz manfaatlari hududida Amerika vakillari boʻlishini yoqtirmasligi aniq, lekin ular oʻzlarini buyuk Rossiyaga qaraganda ancha oqilona tutishadi. Ruslar hududda hech narsa ocha olmaydi, yordam ham bera olmaydi; ular faqat resurslar va arzon ishchi kuchini talab qiladi. Ular kimdir ularning arzon ishchilar hududlariga kirib borayotganidan jazavaga tushmoqda, bu ishchilarga oʻzlarinikidan ham yomonroq munosabatda boʻlishadi va biz bilamizki, ularning oʻz odamlariga munosabati ham rasvo.

Javob berish

Tashrifi doirasida Donald Lu Toshkentda xotin-qizlar uchun oʻzini-oʻzi himoya qilish kurslarida ishtirok etdi. Ammo uning qoʻshnisi Tojikiston (hukumati) ayollarni oʻrta asrga qaytarish ilinjida, ularning zamonaviy barcha narsalarni kosmetik amaliyotlar, sayr qilish va mashina haydashni taqiqlamoqda, bundan tarshqari ayollarga maʼlum bir turdagi kiyimlarni kiyishga zoʻrlashmoqda. Butun dunyodagi xalqaro inson huquqlari tashkilotlari bunga eʼtibor qaratishlari kerak, Shuningdek ayollar hukumat va ularning huquqlarini adolatsiz buzayotganlardan oʻzlarini himoya qilish zarur.

Javob berish