Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Rossiyaning Ukrainaga bosqini oqibatlari Qozogʻistonda chorva mollarining nobud boʻlishiga olib keldi

Karvonsaroy

Ufa (Rossiya) va Qustanay (Qozogʻiston) oʻrtasidagi yaylovlarda sigirlar podasi oldida ot minib ketayotgan erkak, 2017-yilning 10-iyuli. Rossiyaning Ukrainaga bosqini natijasida chorva mollariga moʻljallangan vaksinalar kelmay qoʻygani sababli Qozogʻistonda bir qancha qoramol nobud boʻlgan. [Frank Fayf/AFP]

Ufa (Rossiya) va Qustanay (Qozogʻiston) oʻrtasidagi yaylovlarda sigirlar podasi oldida ot minib ketayotgan erkak, 2017-yilning 10-iyuli. Rossiyaning Ukrainaga bosqini natijasida chorva mollariga moʻljallangan vaksinalar kelmay qoʻygani sababli Qozogʻistonda bir qancha qoramol nobud boʻlgan. [Frank Fayf/AFP]

NUR-SULTON – Qozogʻistonda chorva mollarining nobud boʻlishi – Markaziy Osiyoda Rossiyaning Ukrainaga bosqini bilan bogʻliq oqibatlardan biri boʻldi, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi seshanba (14-iyun) kuni.

Soʻnggi kunlarda Qaragʻanda viloyatining Shet tumanida 76 bosh sigir va buzoq yuqumli kasallik tufayli nobud boʻlgan. Yana 150 ta sigirda infeksiya borligi gumon qilinmoqda.

Veterinariya sohasi mutasaddilaridan biri qoramollarining nobud boʻlishini Ukraina va Rossiya vaksinalari yetishmovchiligi bilan izohladi.

24-fevralda Rossiyaning oʻz qoʻshnisiga qarshi boshlagan asossiz hujumi tufayli Ukraina va Rossiya vaksinalarini yetkazib berish toʻxtab qolgan.

Bu ikki mamlakat odatda chorva hayvonlariga anaerob kasalliklarga qarshi vaksinalar yetkazib beradi, dedi dushanba kuni televideniyeda chiqish qilgan Qaragʻanda viloyati veterinariya boshqarmasi boshligʻi Qayirbek Tursunbekov.

“Bu qishloqda 3 ming bosh qoramolni emlash rejalashtirilgan edi. Ammo vaksina yetishmagani uchun ularning atigi 25 foizi emlandi”, deydi u.

Qaragʻanda viloyatiga anaerob infektsiya va chorva mollarining boshqa kasalliklariga qarshi 350 ming dozadan ortiq vaksina kerak, dedi u.

“Bizga Ukraina ham, Rossiya ham vaksina yetkazib beradi. Kasallikni tashxislash uskunalari ham Ukrainadan keltiriladi. Joriy mavsumda rejalashtirilgan emlashlar uchun yetarlicha vaksina ololmadik”, dedi u.

Viloyat va butun mamlakat boʻylab infektsiyalar tarqalishining oldini olish uchun vaksinalar taʼminoti imkon qadar tezroq tiklanishi zarur, deb ogohlantirdi Tursunbekov.

Bosqin Markaziy Osiyoda qiyinchiliklar keltirib chiqargan

Qozogʻistondagi qoramol oʻlati postsovet hududdagi moʻrt tinchlikka putur yetkazgan Rossiyaning yana bir zarbasi boʻldi.

Ukrainaga bosqin ortidan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan xalqaro sanksiyalar mamlakat iqtisodiyotini oʻta qiyin ahvolda qoldirar ekan, minglab Markaziy Osiyolik migrantlar vataniga qaytishga oshiqmoqda.

Oʻzbekiston hukumatiga koʻra, joriy yilning toʻrt oyi davomida Rossiyadan Oʻzbekistonga 133 ming nafar mehnat migranti qaytib kelgan.

Ukrainadagi urush va Rossiyaga qarshi joriy etiladigan yangi sanksiyalar bu yil pul oʻtkazmalari hajmining kamayishiga olib keladi. Jahon bankining 11-may kungi hisobotida aytilishicha, pasayish Qirgʻizistonda 32 foizni, Tojikistonda 22 va Oʻzbekistonda 21 foizni tashkil qilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Markaziy Osiyolik migrantlar Ukrainaga qarshi hujumda katta talofat koʻrgan Rossiya armiyasi safiga chaqirilishdan xavfsiramoqda.

Markaziy Osiyoda tugʻilib, keyinchalik Rossiya fuqaroligini olgan erkaklarning mahalliy harbiy komissariatlarga chaqirilishi bilan bogʻliq holatlar koʻpaymoqda, deb xabar bergan edi Karvonsaroy aprel oyida.

“Hozirgi kunda migrantlar Rossiyani tark etib, uyiga ketgani yoki boshqa mamlakatlarda ish topgani maʼqul”, degan edi oʻshanda asli oʻzbekistonlik migrantlar huquqlari faoli Valentina Chupik. “Bu mamlakatda yashash xavfli boʻlib boryapti.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Viloyat va butun mamlakat boʻylab infeksiyalar tarqalishining oldini olish uchun vaksinalar taʼminoti imkon qadar tezroq tiklanishi zarur, deb ogohlantirdi mutaxassis. Mana endi goʻsht va sut mahsulotlari narxi koʻtariladi, chunki emlanmasa, oʻnlab va yuzlab hayvonlar kasal boʻlib, oʻlishi mumkin, ular qimmat vaktsinalar bilan emlanadi va natijada hamma narsaning narxi koʻtariladi.

Javob berish

Mana sizga Ukrainaga hujum qilish bilan Rossiya boshlagan ishning oqibati. Bu yil qishda bizni iqtisodiy tanazzul va ocharchilik kutmoqda.

Javob berish