Karvonsaroy

Almatida terrorchilikka qarshi yetarlicha himoyalanmagan obyektlar egalari jarimaga tortildi

Arman Kaliyev

ALMATI, Qozogʻiston — Almati shahar politsiyasi ehtimoliy terrorchilik hujumlariga qarshi yetarli chora koʻrmagani uchun 80 dan ortiq obyektlar egalariga jarima soldi, deb xabar beradi payshanba (16-noyabr) kuni Kazakhstan Today nashri.

Terrorchilikka qarshi milliy qonunchilik doirasida politsiya mahalliy obyektlarni ularning terrorchilika qarshi himoyasini baholash maqsadida har yili kamida bir marotaba tekshiruvdan oʻtkazadi.

Almatida 1574 ta obyekt, shu jumladan 146 ta davlat muassasasi va 1242 ta jamoat joyi terrorchilik hujumiga qarshi yetarlicha himoyalanmagani maʼlum boʻldi.

Yil boshidan beri politsiya ushbu obyektlarning 1030 tasini tekshiruvdan oʻtkazgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500