http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2017/12/13/newsbrief-01

Tojikiston sudi Fransiya fuqarosini Afg‘onistonda “Islom davlati”ga qo‘shilishga uringanlikda aybladi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Dushanbe sudi Fransiya fuqarosini tojik-afg‘on chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinishda ayblab, besh yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar beradi AKIpress 13-dekabr, chorshanba kuni.

Fransuz iyul oyida, Xatlon viloyatining Jayhun tumanida qo‘lga olingandi, deb xabar berdi xavfsizlik xizmatidagi manba.

Manbaning aytishicha, u Tojikistonga sayyohlik vizasi bilan Qirg‘iziston orqali kelgan va Afg‘onistonda “Islom davlati” terrorchilik guruhi safiga qo‘shilishni rejalashtirgan. Muhammad ismli qirg‘izistonlik uni Afg‘onistonga olib o‘tishni taklif qilgan, deb qo‘shimcha qildi u.

Fransuz diplomatlari sud jarayonida ishtirok etishgan, dedi manba, mahbus ekstraditsiya qilinishdan bosh tortib, jazo muddatini Tojikistonda o‘tashga rozi bo‘lgan.

Sizga maqola yoqdimi?
1
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha