http://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2017/12/21/newsbrief-03?language_switcher=true

2017-yilda Tojikistonning O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan savdo hajmi rekord darajada o‘sdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Yil boshidan beri Tojikiston qo‘shni davlatlar bilan savdo hajmini oshirib, O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan rekord o‘sish ko‘rsatkichlariga erishdi, deb xabar beradi AKIpress.org chorshanba, 20-dekabr kuni.

O‘zbekiston bilan savdo-sotiq hajmi yil boshidan beri 85% ga yuqorilagan. Qozog‘iston bilan savdo qariyb 30% ga oshgan, Rossiya bilan esa 11% ga kamaygan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-noyabr oylarida Tojikistonning tashqi savdosi hajmi 3,6 milliard AQSH dollariga (31,7 milliard tojik somoniysi) yetgan, bu ko‘rsatkich 2016-yilning xuddi shu davriga nisbatan 20 million AQSH dollariga (176,3 million tojik somoniysi) ko‘proq demakdir.

2017-yilning 11 oyi davomida eksport hajmi 1,1 milliard AQSH dollariga (9,7 milliard tojik somoniysi) teng bo‘ldi, bunda o‘sish o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 286,6 million AQSH dollarini (2.5 milliard tojik somoniysi) tashkil etdi.

Sizga maqola yoqdimi?
0
Yo‘q
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha