Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-02-06

Suriyadagi “Islom davlati”da hamshiralik qilmoqchi bo‘lgan Qozog‘iston fuqarosi qamaldi

Karvonsaroy

QARAG‘ANDA, Qozog‘iston – Qarag‘anda sudi Suriyadagi “Islom davlati”ga a’zo bo‘lishga uringan 30 yashar ayolni 9 yilga ozodlikdan mahrum etdi, deb xabar qildi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi seshanba, 6-fevral kuni.

Suriyada ID jangarilari uchun hamshira bo‘lib ishlashni rejalashtirgan Jansaya ismli gumondor sentyabr oyida hibsga olingandi. Ayblov tomonining so‘zlariga ko‘ra, ayol shuningdek, bir o‘smirni ID safiga qo‘shilishga ham undagan.

Seshanba kuni Qarag‘anda tumanlararo maxsus sudi uni ikkala ayblov bo‘yicha aybdor deb topgan.

Ostona rasmiylariga ko‘ra, Suriyada jangarilar safida urushganlar orasida yuzlab qozog‘istonliklar bor.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 0

Fikrlar

* Majburiy
Captcha