BISHKEK – Qirg‘iziston va Shveytsariya rasmiylari suv va energiya masalalari bo‘yicha hamkorlikni muhokama qilish uchun yig‘ildilar, deb xabar berdi AKIPress.org.
Seshanba, 6-fevral kuni Bishkekda Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Dinara Kemelova Shveytsariyaning suv masalalari bo‘yicha maxsus vakili, elchi Mishel Mordasinini qabul qildi.
Tomonlar gidroenergetika va tog‘ ekotizimlarini rivojlantirish, tog‘li hududlarda tabiiy ofatlarning oldini olish masalalari yuzasidan fikr almashdi. Uchrashuvda, shuningdek, uran chiqindilarini qayta ishlash masalasi ham muhokama qilindi.
Kemelova Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida suv resurslari bo‘yicha mintaqaviy hamkorlik muhimligini qayd etdi.