Karvonsaroy

Qirg‘izistonda bahorgi harbiy chaqiruv uchun jismoniy talablar qat’iylashtiriladi

Karvonsaroy

BISHKEK – Qirg‘izistonda 1-martdan harbiy xizmatga bahorgi chaqiriq boshlanishi kutilmoqda, deb yozadi 24.kg nashri harbiy sohadagi mansabdor shaxslardan biriga tayanib.

Mamlakatda harbiy chaqiruv har bahor va kuzda bo‘lib o‘tadi.

26-fevral, dushanba kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Mudofaa ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasining rasmiy vakili Ruslan Abdurahmonov jurnalistlarga intervyu bergan.

Harbiylar chaqiriluvchilarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazadilar, shuningdek, tortilish hamda 100 metr va 3 kilometrga yugurish qobiliyatlariga qarab, ularning harbiy xizmatga yaroqliligini baholaydilar, dedi u.

Korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmasligi uchun imtihon jarayoni videotasvirga olinadi, deb qo‘shimcha qildi u.

Kuzgi chaqiriq davrida esa, Sog‘liqni saqlash vazirligi chaqiriluvchilarning ruhiy holatini ham o‘rganadi, dedi u.

U so‘nggi yillarda muddatli harbiy xizmatga chaqiriluvchilar soni ortib borayotganini qayd etgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500