Karvonsaroy

Tojikistonda Eronning aralashuviga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Karvonsaroy

DUSHANBE – Dushanba, 21-may kuni Eron elchixonasi oldida to‘plangan o‘nlab tojikistonliklar Eron tomonidan Tojikistonning ichki ishlariga aralashuviga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazdilar. Bu haqda Faraj.tj sayti ma’lumotlariga tayanib, Asia-Plus xabar berdi.

Namoyish yarim soatcha davom etgan.

Norozilik ishtirokchilari ko‘tarib olgan plakatlar orasida “Tojikiston xalqidan nima istaysiz?” degan yozuv ham bor edi.

So‘nggi yillarda Tojikiston va Eron o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashgan. Eron hukumati Tojikistondagi gidroenergetika infratuzilmasi loyihalariga moliyaviy ko‘mak berib keladi.

2015-yildan beri Erondan oziq-ovqat mahsulotlari importi cheklangan va Eron 1990-yilda Tojikistondagi fuqarolar urushida sodir etilgan yirik qotilliklarni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblangan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500