Karvonsaroy

Tojik ulamolari kengashi Eronni Tojikistonda tartibsizlik keltirib chiqarishda ayblamoqda

Karvonsaroy

DUSHANBE – Tojik ulamolari kengashining Eronni Tojikistonda fitna uyushtirishda ayblagan bayonoti e’lon qilindi, deb xabar berdi Asia-Plus payshanba, 24-may kuni.

Eron Tojikistonda tartibsizlik keltirib chiqarmoqchi, deyiladi Tojikiston diniy ishlar qo‘mitasi (KDR) veb-sahifasida 23-may, chorshanba kuni e’lon qilingan bayonotda.

Eron Afg‘oniston, Iroq, Suriya va Yamandagi vaziyatni beqarorlashtirishga harakat qilmoqda, deyiladi kengash bayonotida. Unda aytilishicha, “Eron ozgina manfaati yo‘lida ham har qanday mintaqani beqarorlashtirishga urinadi va bunda Islom va musulmonlarning dushmanlarini ayblaydi”.

21-may, dushanba kuni Dushanbedagi Eron elchixonasi oldida o‘nlab odamlar Tehronni Tojikistonning ichki ishlariga aralashishda ayblab, norozilik namoyishi o‘tkazgan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500