Karvonsaroy

Qirg‘iziston nogiron bolalar uchun reabilitatsiya markazini ochadi

Karvonsaroy

BISHKEK – Yaqin orada Qirg‘izistonda nogiron bolalar uchun mo‘ljallangan reabilitatsiya markazi ochiladi, deb xabar berdi 3-iyul, seshanba kuni 24.kg nashri.

Nogiron bolalarni reabilitatsiya qilish va rivojlantirish respublika markazining bu haqdagi bayonoti Yevropa Ittifoqining (YI) zaif aholi qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalari bo‘yicha muvofiqlashtirish yig‘ilishida e’lon qilindi.

Markaz Jaloloboddagi ruhiy-nevrologik va ijtimoiy muammolarga ixtisoslashgan bolalar shifoxonasida joylashadi, deb xabar beradi Mehnat va ijtimoiy rivojlanish vazirligi.

Vazirlik xabarida aytilishicha,“ushbu noyob markaz og‘ir turdagi nogiron bolalar va ularning oilalariga kompleks xizmatlarni taklif etadi. Markaz, asosan, bola rivojlanishi tashxisi, ota-onalarga maslahat berish, fizioterapiya muolajalari va bolalar reabilitatsiyasi bilan shug‘ullanadi”.

“Bundan tashqari, ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha ham yangi mutaxassisliklar joriy etiladi”, deyiladi xabarda.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500