Axborot byulletenimizga obuna bo‘ling
Twitter
Facebook
Youtube
Rss
M.logo uz latn

2018-07-06

Qozog‘istonda Ostona xalqaro moliyaviy markazining taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Karvonsaroy

OSTONA – 5-iyul, payshanba kuni Qozog‘iston hukumati Ostona xalqaro moliya markazi taqdimotini o‘tkazdi. U mamlakatning mintaqaviy moliya markazi sifatidagi rolini oshirishga qaratilgan, deyiladi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bayonotida.

Markaz xorijiy va mahalliy investorlarni jalb qilish va keng ko‘lamli infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishni rag‘batlantirish, shuningdek, korporativ boshqaruvning yangi standartlarini joriy etish va “yashil” innovatsiyalarni targ‘ib qilishi ko‘zda tutilgan.

Markaz faoliyati Angliya qonunchiligi va mintaqada birinchi bo‘lgan xalqaro arbitraj bilan tartibga solinadi.

Markazning ochilishida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev, Qirg‘iziston prezidenti Sooronbai Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi, deb xabar beradi Kazinform axborot agentligi.

Ostona moliyaviy markazi ishtirokchilari nafaqat Qozog‘iston poytaxti, balki butun mintaqa va dunyoga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu yerda postsovet hududda muqobili bo‘lmagan mislsiz shart-sharoitlar yaratilgan”, dedi Nazarboev.

“Ishonchim komilki, markaz faoliyatini rivojlantirish Qozog‘iston, Markaziy Osiyo va butun mintaqada raqobatbardosh, samarali va shaffof moliyaviy bozorni yaratishga yordam beradi”, deydi YTTBning Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natasha Xanjenkova.

“Biz YTTB va Ostona xalqaro moliya markazi o‘rtasidagi o‘zaro tushunish va hamkorlik darajasidan nihoyatda mamnunmiz”, dedi u.

YTTB Qozog‘istonning yirik va uzoq muddatli hamkori bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotiga 8,7 mlrd. AQSH dollari (3 trln. qozoq tengesi) miqdorida investitsiya kiritgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Ca mobile no 1

Fikrlar 0

Captcha